30 noyabr kuni Afğoniston şimolidagi Samangan viloyati, Aybak şahri, Al-Jihodiy madrasasida kuçli portlaş sodir böldi. Oqibatda kamida 19 kişi halok böldi, 20 kişi jarohat oldi.

Jarohat olganlar va halok bölganlarning jasadi keltirilgan Aybak şifoxonasi ma’lumotiga köra, ularning aksariyati madrasa talabalari.

Afğoniston matbuoti «Tolibon» harakati jangçilari madrasani örab olgani va portlaş sodir bölgan joyda surat va videotasvirga olişga ruxsat bermayotganini ta’kidlamoqda.

Afğonistonda faoliyat yuritayotgan terrorçi guruhlarning heç biri madrasadagi portlaş uçun javobgarlikni öz zimmasiga olmagan.

Ötgan yilning avgust oyida Afğonistonda «Tolibon» hokimiyatni qölga kiritganidan söng, mamlakatning turli diniy muassasalarida teraktlar muntazam sodir bölib turibdi.

2021 yil 17 avgust kuni Kobuldagi «Sodiq Akbar» masjidida yuz bergan portlaşda 21 kişi halok böldi, 33 kişi jarohatlandi. 2022 yil 22 aprel kuni şimoliy Qunduz viloyatining Imom Sohib tumanida sunniylar masjididagi portlaşda 33 kişi halok böldi, 43 kişi yaralandi. 21 aprel kuni Mozori Şarifdagi şialar masjidida portlaşda 30 dan ortiq kişi halok böldi va 90 ga yaqini yaralandi.

IŞID terrorçilik taşkilotining afğon bölinmasi bölgan IŞID-Xuroson uşbu teraktlarning aksariyati uçun javobgarlikni öz zimmasiga olgan edi.