AQŞ Mudofaa vazirligi Amerikaning Raytheon Technologies Co mudofaa va aerokosmik kompaniyasi bilan oltita NASAMS mobil zenit-raketa kompleksini (ZRK) keyinçalik ularni Ukrainaga topşiriş uçun işlab çiqariş böyiça şartnoma tuzadi. Bu haqda 30 noyabr, çorşanba kuni Reuters agentligi Vaşingtondagi xabardor manbasiga tayanib xabar berdi.
Agentlik xabariga köra, uning muxbiri ham tegişli hujjatni körgan. Unga köra, şartnoma summasi 1,2 milliard dollarni taşkil qiladi.
Şartnoma muddati, şuningdek, boşqa tafsilotlar haqida xabar berilmagan. Hozirça bu masala yuzasidan rasmiylardan heç qanday izoh çiqarilmadi.
Qöşma Ştatlar allaqaçon Kiyevga bir neçta NASAMS qurilmalarini taqdim etgan. 25 sentabr kuni prezident Zelenskiy, 7 noyabrda esa mudofaa vaziri Reznikov Amerika zenit-raketa komplekslari yetkazib berilişini e’lon qildi. Ikkinçisining ta’kidlaşiça, bu qurilmalar «Ukraina armiyasini sezilarli darajada mustahkamlaydi» va Ukraina osmonini xavfsizroq qiladi.
Britaniyalik harbiy kuzatuvçi Tim Ripli ham NASAMS ZRK Ukrainaga havo mudofaasidagi «köplab teşiklarni yamoqlaş» imkonini beradi, deb hisoblaydi. «Bu Ukrainaga köpriklar, zavodlar, aerodromlar kabi asosiy nişonlar ustida havo mudofaa soyabonlarini örnatiş hamda Rossiya samolyotlari va qanotli raketalarining ularga hujum qilişiga yöl qöymaslik imkonini beradi», dedi u sentabr oyida DW naşriga.
8 oktyabr kuni Qrim köprigida sodir bölgan portlaşdan söng Rossiya Ukrainaning fuqarolik infratuzilmasiga ommaviy zarbalarni boşladi. Natijada 18 noyabrga kelib, rasmiy Kiyevga köra, mamlakat energetika tizimining yarmi işdan çiqqan.













