Anjumanda oliy va örta maxsus ta’limi vaziri A.Toşqulov boşçiligidagi 20 dan ortiq oliy ta’lim muassasaci rahbarlaridan iborat mamlakat delegatsiyasi hamda Fransiya tomondan 150 nafardan ziyod rektorlar, ilmiy va işlab çiqariş doiralari vakillari iştirok etdi. Forum har yilgi an’anaviy «Campus France–2022 uçraşuvlari» doirasida ötmoqda.

Forumda Fransiya universitetlari bilan töğridan töğri ikki tomonlama hamkorlikni yanada kengaytiriş, bir qator yönalişlarda qöşma ta’lim va ikki tomonlama diplom beruvçi dasturlarni yölga qöyiş, fransuz mutaxassislarining Özbekistondagi oliy ta’lim muassasalarida qisqa va uzoq muddatli ma’ruza öqişi, seminarlar taşkil etiş, talaba va professor-öqituvçilar almaşuvi, malaka oşiriş, ilmiy faoliyatdagi hamkorlikni rivojlantiriş borasida 10 ga yaqin anglaşuv memorandumi, bitimlar hamda yöl xaritalari imzolandi.

Imzolangan hujjatlar asosan respublikadagi qator ta’lim maskanlarida «Xalqaro mehmonxona menejmenti» magistratura dasturini yölga qöyiş, pedagogik kadrlar malakasini oşiriş, tibbiyot sohasida simulyatsion ta’limni joriy etişga xizmat qiladi.

Muloqot yakunida Fransiya universitetlari bilan navbatdagi rektorlar forumini 2023 yilda Özbekistonda ötkaziş taklifi bildirildi.