Tomonlar köp qirrali ikki tomonlama munosabatlar kun tartibini körib çiqar ekan, mavjud ijobiy dinamika ikki davlat rahbariyati örtasidagi işonçli munosabatlarga asoslanganligini ta’kidladilar. Erişilgan kelişuvlarni sifatli va öz vaqtida amalga oşiriş maqsadida hamkorlikni faollaştirişga tayyorlik bildirildi.
Energetika sohasida sarmoyaviy hamkorlik amaliy jihatlari muhokama qilindi. Hozirda ACWA Power kompaniyasi umumiy qiymati 4 milliard dollardan ortiq va quvvati 4,1 GVt dan ortiq bölgan 5 ta loyihani amalga oşirmoqda. Loyihalarni joriy etişni jadallaştiriş böyiça aniq çora-tadbirlar köriş, qayta tiklanadigan va vodorod energetikasini rivojlantirişni öz içiga olgan 10 milliard dollarlik yangi investitsiya dasturini işlab çiqişni maromiga yetkaziş böyiça kelişuvga erişildi.
1 milliard 310 million dollarlik MTP texnologiyasi asosida metanoldan propilen işlab çiqarişni taşkil etişni nazarda tutgan holda kimyo tarmoğida investitsiya loyihalarini amalga oşiriş böyiça işlar borişi körib çiqildi. Joriy yil dekabr oyida loyiha texnik va texnologik parametrlarini işlab çiqişni jadallaştiriş maqsadida Saudiya kompaniyalari delegatsiyasi Özbekistonga safari rejalaştirildi.












