Uning taqdim etgan ma’lumotlarida yozilişiça, Ukraina hududida elektr ta’minoti bilan boğliq eng qiyin vaziyat yettita mintaqada kuzatilyapti.
«Poytaxt Kiyev şahrida, şuningdek, Kiyev, Vinnitsa, Lvov, Odessa, Xmelnitskiy va Çerkassk viloyatlarida vaziyat juda oğirligiça qolmoqda», — dedi u.
Bundan oldin AQŞ hukumati Rossiyaning yirik raketa zarbalari oqibatida şikastlangan energetika tizimini tiklaş uçun Ukrainaga 53 million dollar ajratgandi. Mablağlar tarmoqni tiklaş uçun zarur bölgan asbob-uskunalarni sotib olişga sarflanişi kerak.
AQŞ Davlat departamenti xabariga köra, yordam paketi transport vositalari, transformatorlar, ajratgiçlar, energiya sakraşidan himoya vositalari, avtomatik öçirgiçlar va boşqa muhim jihozlarni öz içiga oladi. Uskunalar imkon qadar tezroq Ukrainaga yetkazilişi közda tutilgan.
Avvalroq, Ukraina energetika sektorini favqulodda qöllab-quvvatlaş uçun Qöşma Ştatlar 55 million dollar ajratgan edi.
Rossiya bir neça haftadan buyon Ukraina hududidagi energetika obektlariga raketa zarbalarini bermoqda. Oqibatda mamlakat hududida jiddiy energiya inqirozi yuz bergan. 29 noyabr kuni «Ukrenergo» mamlakatda elektr energiyasi taqçilligi 30 foizni taşkil etgani haqida xabar berdi.













