30 noyabr kuni Yevropaning içki bozor böyiça komissari Terri Breton video-aloqa orqali Ilon Maskka qönğiroq qildi va unga yaqinda sotib olingan Twitter mikrobloglar platformasi uçun talablar röyxatini e’lon qildi. Gap, xususan, avvalroq taqiqlangan foydalanuvçilarni «özboşimçalik bilan» blokdan çiqarişni rad etiş, notöğri ma’lumotlarga qarşi «tajovuzkor» kuraş va kelasi yilga qadar platformaning «keng mustaqil auditi»ga rozilik beriş haqida bormoqda, deb yozadi Financial Times.
Aks holda, deya ogohlantirdi Brenton, YeI regulyatorlari Twitter Yevropa Ittifoqining yaqinda qabul qilingan raqamli xizmatlar töğrisidagi qonunida (Digital Services Act, DSA) belgilangan standartlarga javob bermaydi degan xulosaga kelişi mumkin. Bunday holda, mini-bloglar xizmati global aylanmasining 6 foizi miqdorida jarimaga tortilişi yoki butun Yevropa Ittifoqi hududida bloklanişi mumkin. Bunga yöl qöymaslik uçun Twitter «köp iş qilişiga» töğri keladi, dedi Yevropa komissari.
Mask DSA’ni «juda oqilona» deb atadi va Twitter barça qonuniy talablarni bajarişiga va’da berdi. Ayni paytda, YeI rahbariyati, FT ma’lumotlariga köra, Mask noyabr oyida özining 7500 xodimlari yarmidan köpini işdan böşatganidan keyin platformada buni amalga oşiriş uçun yetarli inson resurslari yöqligidan xavotirda.
Mask uzoq davom etgan muzokaralardan söng 28 oktyabr kuni Twitter’ni sotib oliş böyiça kelişuvni yakunlaganini e’lon qildi. 20 noyabr kuni u AQŞ sobiq prezidenti Donald Trampning akkauntini blokdan çiqardi, unga tarafdorlari 2021 yil yanvarida Kapitoliyga bostirib kirganidan keyin mikrobloglar xizmatidan foydalaniş taqiqlangan edi.
Avvalroq Mask Financial Times naşriga bergan intervyusida Trampning akkauntini bloklaş qarorini xato deb bilişini, çunki buning natijasida sobiq prezident «öz ovozini yöqotmagani»ni aytgan edi. Twitter yangi egasi doimiy taqiqlar faqat botlarga, firibgarlarga yoki spamerlarga qarşi qöllanilişi kerak, deb hisoblaydi.
AQŞning Xorijiy investitsiyalar qömitasi Maskning Twitter’ni sotib oliş böyiça kelişuvi bilan qiziqişni boşlaşi mumkin, dedi moliya vaziri Janet Yyellen The New York Times gazetasiga. Uning sözlariga köra, uşbu bitimda xorijiy kapital iştiroki milliy xavfsizlikka tahdid soladimi yoki yöqmi, şuni tekşiriş kerak. Maskka Twitter’ni sotib oliş uçun pulni Saudiya şahzodasi Al-Valid bin Talal qarzga bergan.












