Gulistonlik 38 yaşar erkak IIBga ariza bilan murojaat qilib, plastik kartasidan 3,8 mln söm yeçib olingani xususida şikoyat qiladi.

“Olib borilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida, pullarni özlaştirgan şaxs fuqaro B.S.ning öğli 6 sinf öquvçisi, 2008 yilda tuğilgan A.F. ekanligi aniqlangan”, deyiladi IIV Kiberxavfsizlik markazi xabarida.

Ta’kidlanişiça, suriştiruv işlari davomida 14 yaşar bola “PUBG” onlayn öyiniga mukkasidan ketgani, otasining plastigini özining akkauntidagi hisobiga ulab, pullarni öyinga tikib yuborgani ma’lum bölgan.

“Hozirda töplangan hujjatlar yuzasidan suriştiruv harakatlari olib borilmoqda. Hurmatli fuqarolar farzandlaringiz tarbiyasiga befarq bölmang, ularning mobil telefonlari va gadjetlarini közdan keçirib boring”, deyiladi rasmiy munosabatda.

Avvalroq birovning plastigini topib olgan opa-singil undagi qariyb 60 mln sömni yeçib olgani, bank plastik kartasiga juda oson parol qöyilgani qonunbuzarlarga qöl kelgani aytilgandi.