O‘zbekiston | 11:33 / 03.12.2022
10264
1 daqiqa o‘qiladi

Bozorlarda go‘sht va sabzi narxlari biroz tushdi, piyoz qimmatlashdi

Davlat statistika qo‘mitasi tomonidan hududiy markaziy dehqon bozorlarida kuzatuv o‘tkazildi.

Foto: Kun.uz

Qo‘mita uning natijalari bo‘yicha alohida turdagi oziq-ovqat mahsulotlarining minimal-maksimal narxlarini e’lon qildi.

2022 yil 30 noyabr holatiga: 

  • suyakli mol go‘shti (1 kg) ➖ 48 000 – 78 000 so‘m;
  • qo‘y go‘shti (1 kg) ➖ 55 000 – 91 000 so‘m;
  • kartoshka (1 kg) ➖ 3 000 – 6 000 so‘m;
  • piyoz (1 kg) ➖ 2 500 – 6 000 so‘m;
  • sabzi (1 kg) ➖ 1 500 – 5 500 so‘m;
  • tuxum (10 dona) ➖ 10 000 – 17 000 so‘m;
  • guruch (1 kg) ➖ 6 000 – 26 000 so‘m;
  • o‘simlik yog‘i (1 l) ➖ 16 500 – 30 000 so‘m;
  • shakar (1 kg) ➖ 11 000 – 17 000 so‘m.

Bunda, dehqon bozorlari hududidagi oziq-ovqat mahsulotlari narxlari hisobga olingan. Supermarket, minimarket, do‘konlardagi narxlar inobatga olinmagan.

Mavzuga oid