Milliy statistika qömitasi sentabr oyi uçun isteʼmol narxlari böyiça maʼlumotlarni eʼlon qildi. Unga köra, yillik inflyatsiya 2025-yil sentabrdagi 8 foizga nisbatan 1,6 foiz bandga pasayib, 6,4 foizni taşkil etgan. Bu – bir oy oldingidan 0,2 foiz bandga yuqori.
Oy davomida oziq-ovqat mahsulotlari örtaça 1 foizga, nooziq-ovqat tovarlari 0,3 foizga, aholiga körsatiladigan pulli xizmatlar esa 0,9 foizga qimmatlaşgan.
Sabzavotlar orasida pomidor narxi 14,2 foizga, bodring 13,5 foizga, sabzi 12,4 foizga oşgan. Şuningdek, bulğor qalampiri 4,9 foizga, baqlajon 4,7 foizga va piyoz 2,6 foizga qimmatlaşgan.
Ayrim mevalar narxida esa pasayiş qayd etilgan. Sitrus mevalar 12 foizga, uzum 5,7 foizga, olma 2,4 foizga, banan 1,7 foizga arzonlaşgan.
Asosiy oziq-ovqat mahsulotlaridan tuxum narxi bir oyda 5,3 foizga oşgan. Suyakli mol göşti 1,7 foizga, qöy göşti 1,3 foizga, suyaksiz mol göşti va greçka 1,1 foizdan qimmatlaşgan. Guruç va guruç oqşoği narxi 1 foizga, xom va qaymoği olinmagan sut hamda sariyoğ 0,8 foizdan oşgan.
Yonilği bozorida AI-95 benzini va propan narxi 4,2 foizdan kötarilgan. AI-92 benzini 0,7 foizga, AI-98 va AI-100 markali benzin 0,4 foizga qimmatlaşgan. Metan narxida özgariş kuzatilmagan.
Taʼlim va boşqa xizmatlar böyiça ham narxlar ösgan. Jumladan:
davlat boğçalari xizmatlari - 6,8 foizga;
huquqiy tusdagi xizmatlar - 6,6 foizga;
davlat OTMda tölov-kontrakt asosida öqiş - 6,3 foizga;
xususiy maktablarda öqiş - 6 foizga;
avtomobil töxtaş joylari xizmatlari - 2,2 foizga;
sovuq suv va kanalizatsiya uçun tölovlar - 2,1 foizga;
xususiy boğçalar xizmatlari - 1,7 foizga qimmatlaşgan.
Hisob-kitoblar uçun 10 mingdan ortiq savdo va xizmat körsatiş nuqtasida 2 milliondan ziyod narx qayd etilgan. Kuzatuvlar 419 turdagi oziq-ovqat va nooziq-ovqat mahsuloti hamda 98 turdagi xizmatni qamrab olgan.

















