Uçraşuvda ikki tomonlama kun tartibidagi dolzarb masalalar, xalqaro taşkilot va tuzilmalar doirasidagi hamkorlik yuzasidan fikr almaşildi. Siyosiy, parlamentlararo hamkorlikni faollaştiriş, savdo-iqtisodiy aloqalarni kengaytirişga alohida e’tibor qaratildi.

Ta’lim sohasidagi hamkorlikni Finlandiya tajribasini örganiş asosida çuqurlaştiriş, öqituvçilarni tayyorlaş, qayta tayyorlaş va ular malakasini oşiriş, Özbekistondagi umumta’lim maktablarida fin uslubidagi darsliklar va öquv qöllanmalarini joriy etiş masalalari muhokama qilindi.

Muloqotda tomonlarni qiziqtirgan boşqa masalalar ham körib çiqildi.