19FortyFive ma’lumotlariga köra, AQŞ harbiy-dengiz kuçlari öz suvosti kemalari joylaşuvini Rossiyaga atayin bildirib qöymoqda. 

Vaşington şu tariqa Xitoy, Rossiya, Eron va Şimoliy Koreyaga atom suvosti kemalarini dunyoning istalgan nuqtasiga joylaştirişi mumkinligini körsatmoqçi. 

10 noyabr kuni Ohio toifasidagi USS Michigan atom suvosti kemasi Yaponiyaning Okinava oroliga bordi. 1 noyabr kuni yana bir Ohio toifasidagi USS Rhode Island atom suvosti kemasi Gibraltarda töxtadi. Bundan oldinroq, yozda Rhode Island Şotlandiyadagi Qirollik dengiz flotining Clyde bazasiga suzib borgan edi. Bunga öxşaş misollar şular bilan çeklanib qolmaydi. 

Ohio toifasidagi suvosti kemalari 20 ta Trident II D5  yadroviy raketalari bilan jihozlangan. Ular 14 tagaça yadro kallaklarini taşuvçi qit’alararo ballistik raketalar bilan jihozlangan.