JÇ-2022 nimçorakfinali doirasidagi uçinçi uçraşuv yakuniga yetdi.
Fransiya va Polşa örtasida «At-Tumama» stadionida keçgan bahsda Dide Deşam şogirdlari Levandovski yetakçiligidagi jamoani turnirdan çiqarib yuborişdi.
44-daqiqada Jiru Mbappening uzatmasidan keyin hisobni oçdi – 1:0. Bu gol bilan Olive milliy jamoasi safidagi 52-golini kiritib, Fransiya tarixidagi eng yaxşi töpurarga aylandi.
74 va 90-daqiqalarda esa Mbappe katta sahnaga çiqib, dubli bilan hisobni yirik körinişga keltirdi – 3:0. Bu bilan Kilian turnirdagi gollari sonini 5taga yetkazib, töpurarlar poygasida yaqqol yetakçiga aylanib oldi.
90+9-daqiqada esa Levandovski penaltidan farqni qisqartirdi – 3:1.
Şu tariqa, Fransiya çorakfinalga yöllanma oldi. Ular bu bosqiçda Angliya – Senegal öyini ğolibiga qarşi maydonga tuşadi. Öyin 10 dekabr kuni ötkaziladi.
JÇ-2022. 1/8 final. 4 dekabr
Fransiya – Polşa 3:1
Gollar: 1:0 – 44 Jiru, 2:0 – 74 Mbappe, 3:0 – 90 Mbappe, 3:1 – 90+9, penalti Levandovski.
Fransiya – Loris, Kunde, Varan, Upamekano, Ernandes, Rabo, Tçuameni (Fofana, 66), Jiru (Tyuram, 76), Grizmann, Dembele (Koman, 76), Mbappe.
Polşa – Şçensni, Keş, Glik, Kiver, Bereşinski, Kaminski (Zalevski, 71), Frankovski, Krixovyak (Belik, 71), Zelinski, Şimanski (Milik, 64), Levandovski.
Ogohlantirişlar: Tçuameni (31), Bereşinski (47).









