2019 yili Böston tumani hokimining qarori bilan nurafşonliklar foydalanib kelgan QVP binosi davlat-xususiy şeriklik asosida taşkil etilayotgan boğça uçun berib yuboriladi.
Oradan şunça vaqt ötganiga qaramay, tadbirkor faqatgina binoning tom qismini almaştirib, eşik-derazalar örnatgan xolos, şu bilan iş qolib ketgan. Hozirda bu joy qarovsiz holatga kelib qolgan.

“Köp marotaba tuman hokimi, prokurori, viloyat SSB boşliğiga murojaat qildik. Hammasining javobi bitta – tuman hokimi ruxsat bermayapti. Tuman hokimi esa: “Vagon qöyib berdim şu yetadi”, deyapti. Viloyat hokimi oçilsin deganiga qaramasdan, hamon mana şunday taşlandiq holatda turibdi”, – deydi murojaatçi Iroda Abdullayeva.

Qişloq aholisi tibbiy körik, emlaş, birinçi yordam kabi masalalarda qiyinçiliklarga duç kelyapti. Mahalla aholisini 3 ta boşqa QVPlarga taqsimlab yuborişgan.
Bir neça marta murojaatlar qilingaç, 4 örinli vagondan taşkil etilgan tibbiyot punkti örnatib berilgan. Ammo bu joy 3 mingdan ortiq qişloq aholisi uçun yetarli emas. Çiroq öçganda esa sovuq bölib ketadi. Bemorlar kutişi uçun ham şaroitlar qilinmagan.

“Ayolim insult bölgan. Doim doktor nazoratida bölişi kerak. QVP bor payti şifokorlar xabar olib turardi. Hozir 30 ming söm sarflab markazga olib boraman yoki bu yoqqa olib boraman. Ahvolimni körib turibsiz. Keçasi bilan uxlolmayman. Uxlasam 40 minut dam olaman xolos”, – deydi Akramjon Oxunov.
Suriştiruv uçun borganimizni eşitgan Böston tumani hokimi Sanobarxon Nosirova bu manzilga yetib kelib, aholi bilan suhbatlaşdi. Uning aytişiça, hozirda QVPni aholiga qaytariş uçun kerakli hujjatlar tayyorlanib, sudga topşirilgan.

Sobiq hokimning qarori sud orqali bekor bölgaç, QVP qayta ta’mirlanadi va kelgusi 2023 yilda foydalanişga topşiriladi.
“Bino soğliqni saqlaş balansida ekan. Hozir hujjat tayyorladik. Ma’muriy va fuqarolik sudiga beramiz. Balansga qaytarib oliş böyiça şuğillanyapmiz. 2023 yilda QVP masalasini hal qilamiz”, – deya va’da berdi fuqarolarga tuman hokimi.

Bir neça yillardan buyon nurafşonliklarni qiynab kelgan muammo öz yeçimini topişi va qişloq vraçlik punkti tezroq öz egalariga topşirilişini kutib qolamiz. Hokimning va’dalari va’daligiça qolib ketmaydi, degan umiddamiz.
Abduvali Qurbonov, Kun.uz muxbiri.
Tasvirçi va montaj ustasi – Jahongir Turğunov.











