Moldova hukumati Çegara politsiyasi tomonidan mamlakat şimolida, Ukraina bilan çegaraga yaqin joylaşgan Briçani şahri yaqinida raketa parçalari topilgan bir paytda, «vaziyatni nazorat ostida uşlab turiş uçun bor kuçini sarflamoqda». Bu haqda 5 dekabr, duşanba kuni Moldova boş vaziri Natalya Gavrilitsa ma’lum qildi.

«Ukrainada raketa hujumlarining yangi tölqini kuzatilmoqda, bu bizning mamlakatimiz uçun bevosita oqibatlarga olib keladi», dedi vazirlar mahkamasi rahbari.

Boş vazirning sözlariga köra, Çegara politsiyasi raketa parçalari tuşgan hududni örab olgan. Voqea joyida Içki işlar vazirligi xodimlari, "Bombtex" xizmati mutaxassislari, Favqulodda vaziyatlar boş inspeksiyasi işlamoqda, deb xabar bermoqda Noi.md mahalliy axborot portali. Unga köra, Briçaniga milliy armiya muhandislari guruhi hududni örganiş uçun yuborilgan.

Şu bilan birga, mamlakatning elektr tarmoqlari operatori "Moldelektrika" kompaniyasi energiya tizimida elektr ta’minotidagi uzilişlarga olib kelişi mumkin bölgan holatlar haqida ma’lum qildi. Bunga Ukrainani ommaviy öqqa tutiş sabab böldi, deya tuşuntirdi kompaniya.

«Biz fuqarolarimiz uçun xavfli vaziyatlar yuzaga kelmasligining oldini oliş maqsadida hamma narsani qilamiz», dedi Gavrilitsa.

Vazirlar mahkamasi rahbari Ukrainadagi fuqarolik obektlariga qilingan hujumlarni keskin qoraladi va Ukraina xalqi bilan birdamligini tasdiqladi. U raketa parçalarining kelib çiqişi haqida izoh bermadi.

Oktabr oyi oxirida Ukraina havo hujumidan mudofaa tizimi tomonidan urib tuşirilgan raketa parçalari Moldovaning çegara hududiga tuşgan edi. Moldova şimolida ukrainalik harbiylar tomonidan urib tuşirilgan rus raketasi quladi, deya ma’lum qildi öşanda Kişinyovdagi Içki işlar vazirligi.

«Raketa Ukraina bilan çegarada joylaşgan Moldovaning Naslavça qişloği şimoliy qismiga qulab tuşdi. Hozirda qurbonlar yöq, Naslavçadagi bir neçta uylarning derazalari singan», - deb ma’lum qildi 31 oktyabr kuni Moldova idorasi matbuot xizmati. Naslavça qişloği töğridan töğri Vinnitsa viloyatining yonida joylaşgan, çegara Dnestr daryosi orqali ötadi.

5 dekabr, duşanba kuni Rossiyaning Ukraina muhim infratuzilmasiga yangi raketa zarbalari qayd etildi. Havo hujumi haqida ogohlantiriş deyarli butun mamlakat böylab yangradi. Çerkassk, Zaporijjya, Kiyev, Vinnitsa, Odessa viloyatlari, Xarkiv va Xersonda portlaşlar sodir böldi. Odessa, Jitomir va Nikolayevda elektr energiyasi qisman öçirildi.