Uçraşuvda Özbekiston-Kanada hamkorligi diplomatik, siyosiy, savdo-iqtisodiy, madaniy-gumanitar va boşqa sohalardagi bugungi holati va uni rivojlantiriş istiqbollari körib çiqildi. Ikki tomonlama munosabatlar huquqiy bazasini kengaytiriş, parlamentlararo muloqotni mustahkamlaş zarurligi ta’kidlandi.
Kanadalik investorlarni Özbekiston turli tarmoqlaridagi loyihalarga jalb etiş, ikki mamlakat işbilarmon doiralari vakillari örtasida aloqalarni yölga qöyiş orqali iqtisodiy diplomatiyani faol rivojlantirişga alohida e’tibor qaratildi.
Özaro taşriflar va Kanada universitetlari bilan akademik dasturlarni amalga oşiriş, Kanada yetakçi universitetlari Özbekistonda filiallarini oçiş orqali ilmiy va ta’lim sohasidagi aloqalarni kengaytirişdan manfaatdorlik bildirildi.
Ikki mamlakat hududlari örtasida qardoş şahar munosabatlarini örnatiş, ekologiya, raqamlaştiriş va “yaşil iqtisodiyot” yönalişlarida qöşma loyihalarni amalga oşiriş istiqbollari muhokama qilindi.












