Bugun tunda Ispaniya va Belgiya örtasidagi uçraşuv bilan jahon çempionatida çorakfinal bosqiçi davom ettiriladi. Uşbu jamoalar katta turnirlarda tez-tez töqnaş kelişadi va bu borada ustunlik Pireney yarimoroli vakillarida.
Lekin Belgiya AQŞga qarşi öyini bilan özini hisobdan çiqarişga hali erta ekanini namoyiş etib qöydi.
Uşbu bahs ğolibi yarimfinalda Fransiyaga qarşi öynaydi.
Ispaniya – Belgiya
11 iyulga ötar keçasi, 00:00. SoFi Stadium (Los-Anjyeles)
Jamoalarning turnirdagi yöli
Luis de la Fuente şogirdlari turnir startida kutilmaganda Kabo-Verde bilan öyinda oçko yöqotgandi, ammo keyingi raqiblarning barçasi mağlub etildi: guruhda Saudiya Arabistoni (4:0) va Urugvay (1:0), pley-offda – Avstriya (3:0) va Portugaliya (1:0).
Pireney yarimorolidagi qöşnilari bilan öyinni zaxiradan tuşgan futbolçilar hal qilişdi: 91-daqiqada Ferran Torres Mikel Merinoni darvozabon bilan yakkama-yakka vaziyatga çiqarib yubordi, «Arsenal» yarimhimoyaçisi öz imkoniyatidan foydalandi.
«Qizil furiya» 2010 yildan buyon ilk bor JÇ çorakfinaliga çiqdi va qatorasiga olti öyinda gol ötkazmagan ilk jamoa sifatida turnir tarixiga kirdi – bu seriya 2022 yilgi mundial nimçorakfinalida Marokaşga qarşi öyindagi golsiz durang (öşanda penaltilar seriyasida Afrika vakillari ustun kelişgan) bilan boşlangandi.
Ispanlar darvozaboni Unai Simon esa jahon çempionatida 609 daqiqadan buyon darvozasi daxlsizligini saqlab qolgan darvozabon sifatida yangi rekord örnatdi, bungaça eng yaxşi natija 1990 yilgi turnirda 517 daqiqa mobaynida gol ötkazmagan italiyalik Valter Dzengaga tegişli bölib turgandi.
Belgiya esa 1/4 finalgaça yölda katta qiyinçiliklarga uçradi: Rudi Garsiya şogirdlari guruh bosqiçidagi birinçi öyinda Eron darvozasini işğol eta olmadi (0:0), Misr bilan ham oçkolarni bölişib oldi (1:1), uçinçi turda esa bor alamini Yangi Zelandiyadan oldi (5:1), 1/16 finalda Senegalga qarşi öyinda aql bovar qilmas kambek amalga oşirişga töğri keldi – jamoa sönggi daqiqalarda 0:2 hisobidan çiqib ketib, öyinni qöşimça bölimlarga olib ötdi va u yerda ğalaba golini urdi (3:2). 1/8 finalda AQŞga keçgan mojaroli öyinda esa yirik hisobda ğalaba qozondi (4:1).
Mezbonlarga qarşi öyinda Şarl de Ketelare dubl qayd etdi, bundan taşqari, yana bir golga hammualliflik qildi, Hans Vanaken gol+pas böyiça 1+1 körsatkiçini qayd etdi, Romelu Lukaku yana zaxiradan tuşib, gol urdi, turnirni juda kuçli ötkazayotgan Leandro Trossar esa navbatdagi assistni öz hisobiga yozib qöydi.










