Estoniya Ukrainadan yangi kelgan qoçqinlarga avvalgidek yordam bera olmayapti va Finlandiyadan qabulni oşirişni söraydi. Bu haqda Estoniya boş vaziri Kaya Kallas 6 dekabr, seşanba kuni çop etilgan rus tilida işlovçi mahalliy Radio 4 (Raadio 4)ga bergan intervyusida aytib ötdi.
«Agar Rossiya qanday qilib fuqarolik infratuzilmasini, energetika infratuzilmasini bombardimon qilayotganiga va Ukrainada hayotni mutlaqo imkonsiz qilişga urinayotganiga qarasangiz, qoçqinlarning navbatdagi tölqini yuzaga kelişiga işonç hosil qilasiz», dedi Kallas va statistikaga köra hozirça yangi qoçqinlar oqimi kuzatilmayotganini qöşimça qildi.
Avvalroq Estoniya taşqi işlar vaziri Urmas Reynsalu ukrainalik qoçqinlarning yangi tölqinidan xavotirlanib, Şengen hududining içki çegaralarida nazoratni tiklaşga çaqirgan edi. Vaziyatni şarhlar ekan, Kaya Kallas, mamlakatda uy-joy va iş örinlari tanqisligi sezilayotgani, bu qoçqinlarni qabul qilişni qiyinlaştirayotganiga e’tibor qaratdi.
«Biz Finlandiya bilan haqiqatan ham Ukrainadan kelgan qoçqinlarga endi bu tarzda yordam bera olmasligimiz haqida gaplaşdik, finlar köproq qabul qilişlari mumkinligini aytişdi», dedi Estoniya boş vaziri.
Uning sözlariga köra, Tallin Ukrainaga joylardagi energetika infratuzilmasini tiklaş, aholining köçib ketmasligiga işonç hosil qiliş uçun yordam yubormoqda.
Estoniya milliy radioeşittiriş xizmati (ERR) 30 sentabr kuni xabar berişiça, fevral oyi oxiridan beri Ukrainadan jami 104 856 nafar qoçqin Estoniyaga kirib kelgan. Ulardan 58 225 nafari mamlakatda qolgan. Statistika departamenti ma’lumotlariga köra, 2022 yil 1 yanvar holatiga Estoniya aholisi 1 331 796 kişini taşkil etdi.
Germaniyaning Buyuk Britaniyadagi elçisi Migel Berger ham 4 dekabr kuni Sky News telekanaliga bergan intervyusida federal hukumat yaqin haftalarda Ukrainadan Germaniyaga kelayotgan qoçqinlar soni oşişini kutayotganini aytdi.
Germaniya Içki işlar vazirligi ma’lumotlariga köra, uruş boşlanganidan beri Germaniyaga bir milliondan ortiq ukrainalik kelgan — bu Yevropadagi eng yuqori körsatkiçlardan biridir. Bild am Sonntag ma’lumotlariga köra, faqat Polşa köproq qoçqinlarni qabul qilgan (1,5 million kişi).













