Toğli hududlarda uskunalar örnatiş qiyinmi? Albatta, ha! Yölsizlik şaroitida va elektr ta’minoti yetişmasligida har safar nostandart texnik yeçimlarni topiş kerak böladi. Har bir örnatilgan baza stansiyasi ortida zamonaviy digital-xizmatlarni taqdim etişga intilayotgan aloqa operatorlarining ulkan mehnati turibdi. 2022 yilda Beeline aloqasi birinçi marta Qaşqadaryo, Samarqand, Navoiy, Surxondaryo, Jizzax va Xorazm viloyatlaridagi çekka aholi punktlariga yetib bordi.
Umuman olganda, yirik quriliş işlari barça hududlarni qamrab olgan. Yangi baza stansiyalari soni böyiça Buxoro, Toşkent, Samarqand va Farğona viloyatlari yetakçi böldi. TOP-5 mintaqalari yetakçisi esa Qaşqadaryo viloyati bölib, u yerda Beeline Uzbekistan deyarli 330 ta BSni işga tuşirgan. Yil davomida jami 2 250 dan ortiq baza stansiyalari foydalanişga topşirildi va ularning mamlakatdagi umumiy soni 15 mingtaga yaqinlaşdi.
“Tarmoq rivojlanişining muhim natijasi bu mamlakat aholisiga raqamli xizmatlarni keng taqdim etişdir. Agar 2022 yilning boşida Özbekiston aholisining 62 foizi ulardan foydalana olgan bölsa, hozir bu körsatkiç 78 foizga oşgan. Bu oldinga qöyilgan juda muhim qadam, çunki qönğiroq qiliş, messenjerlarda muloqot qiliş, musiqa tinglaş, video köriş va yuklaş, kompaniyaning onlayn TV xizmatlariga qöşiliş, qulay fintech xizmatlaridan foydalaniş va oddiygina dunyo böyiça ma’lumotlarni oliş yanada osonlaşdi. Endi Internet respublikaning hatto eng çekka göşalaridagi aholisi uçun ham mavjud böldi. Beeline Uzbekistan mamlakatni raqamlaştirişni rivojlantirişda töliq iştirok etadi va yangi servis va xizmatlarni joriy qilişda mijozlar ehtiyojlari va jahon tendensiyalaridan kelib çiqib iş tutişda davom etadi”, - dedi Beeline Uzbekistan’ning texnik direktori Mahmudjon Nodirov.
2022 yilda 1 500 dan ortiq yangi baza stansiyalari 4G texnologiyasini qöllab-quvvatlaydi. Internetning tezlaşişi bilan digital-operatorning abonentlari ança faolroq yuklab olişni boşladilar: 4G/LTE trafigi ötgan yilgi hajmdan deyarli ikki baravarga oşdi. 2022 yilning boşidan buyon Beeline mijozlari birgina mobil internet orqali video tomoşa qiliş uçun 105 Petabayt – boşqaça aytganda, 105 million gigabayt trafik sarfladilar!
“Raqamli yutuq” operatorga Best video mobile experience uçun Ookla® Speedtest AwardsTM mukofotini keltirdi. Mustaqil tadqiqot doirasida foydalanuvçilarning mobil qurilmalarida video köriş vaqtida trafikni uzatiş sifati va tezligi baholandi. Tarmoqning rivojlanişi tufayli Beeline 2022 yilning I va II çoragida mamlakatning yetakçisiga aylandi.
***
Unitel MÇJ 2006 yilning 12 sentabridan boşlab Beeline Uzbekistan savdo belgisi ostida xizmatlar körsatib kelmoqda. Beeline Uzbekistan boş qarorgohi Amsterdam (Niderlandiya) şahrida joylaşgan VEON xalqaro telekommunikatsiya holdingi tarkibiga kiradi.
VEON 7 mamlakatda 200 milliondan ortiq abonentga ega global telekommunikatsiya va internet xizmatlari provayderi. Uning aksiyalari NASDAQ va Euronext Amsterdam fond bozorlarida joylaşgan.
Beeline Uzbekistan'da 1,6 mingga yaqin xodim işlaydi. 2006 yildan buyon Özbekiston bozoriga kirişi bilan VEON mamlakat telekommunikatsiya sohasiga 1,4 milliard AQŞ dollaridan ortiq sarmoya kiritdi. Beeline SB'ning Özbekistondagi faoliyati davomida 1,9 milliard dollardan ortiq soliq tölangan.
Sayt: beeline.uz
Facebook: fb.com/beeline.uz
Instagram: @beeline_uzbekistan
Telegram: t.me/beelineuzbekistan
Twitter: twitter.com/beeline_uz
LinkedIn: linkedin.com/company/beeline-uzbekistan/
Reklama











