Yangi yilda Özbekiston aholisini elektr energiyasi bilan uzluksiz ta’minlaş çora-tadbirlari işlab çiqilganmi? Bu savolga energetika vaziri örinbosari Şerzod Xöjayev javob berdi.
“Bayram kunlari, xususan, yangi yil bayramida elektr energiyasiga bölgan talab sezilarli darajada pasayadi. Çunki ta’lim muassasalari, işlab çiqariş korxonalari öz faoliyatini vaqtinça töxtatadi. Bu orqali mavjud elektr energiyasining asosiy qismi aholiga va ayrim ijtimoiy soha obektlariga yönaltiriladi. Öylaymanki, yangi yil bayramida elektr böyiça muammolar yuzaga kelmaydi.
Agar joylarda avariyaviy holatlar yuzaga keladigan bölsa, tun-u kun işlaydigan işçi guruhlar faoliyati yölga qöyilgan va har qanday lokal muammolar tezkorlik bilan bartaraf etiladi”, – deya Xöjayevning sözlarini keltirmoqda vazirlik matbuot xizmati.











