Ikki farzandini soğ-salomat dunyoga keltirgan Umida uçinçi farzandiga homilador bölganda organizmida muammolar közga taşlana boşladi. Gestatsion gipertenziya, surunkali piyelonefrit va kamqonlik kabi dardlar tufayli ayol bir neça marta tuman şifoxonalarida davolandi.

Uçinçi farzandi – öğli tuğilişi bilan Umidada atonik qon ketişi kuzatildi va u qisqa vaqt içida 2,5 litr atrofida qon yöqotdi. Şifokorlar turli usullar bilan qonni töxtatişga urindilar, naf bermagaç, baçadonni olib taşlaş (baçadon ekstirpatsiyasi) amaliyoti ötkazişga majbur bölindi. Ammo bu operatsiya ham kerakli natijani bermay, bir neça marta konsiliumlar ötkazildi, qayta operatsiyalar qilindi. Bemorda oşqozon-içak tizimida ham kasalliklar, qon ketişi kuzatildi.

Zudlik bilan Toşkentga olib kelingan va jonlantiriş bölimida 54 kun davolangan Umida Ortiqovaning hayoti saqlab qolingan bölsa-da, unda uzoq vaqt koma holati va qon ketişning asorati sifatida xotiraning yöqolişi kuzatilgan. Bemor davolanişni davom ettiriş tavsiyasi bilan uyiga jönatilgan.

Davlat rahbarining körsatmasiga binoan 2022 yil 28 noyabr kuni Soğliqni saqlaş vazirligi mas’ullari tomonidan Oqqörğon tumanida ötkazilgan uyma-uy xatlov paytida Umida Ortiqovaning xonadoniga ham kirilgan. Bemorning onasi oila oğir vaziyatga tuşib qolganidan şikoyat qiladi. Ayolning umumiy ahvoli qoniqarsiz, xotirasi zaif - xotiraning pasayişi, ya’ni - ismini, bolalarining va oila a’zolarini ismlarini hamda avval bölib ötgan voqealarni eslay olmasligi - tez unutişi (retrograd amneziya), birovning yordamisiz yura olmasligi, harakatlanganda butun badanida oğriq bezovta qilişi örganildi.

Şundan söng bemor Toşkent viloyati perinatal markaziga taşxislaş hamda davolaş maqsadida ötkazildi. Markazda tekşiruvlar asosida davo muolajalari boşlandi va hozirgi vaqtgaça davom etmoqda.

Ayni kunga kelib bemor holati yaxşilangan, umumiy holsizlik, bel sohasidagi oğriq, uzoq masofaga yura olmaslik kabi belgilar yöqolgan, xotirasi tiklana boşlangan.

Uyma-uy xatlovlarning natijasi, muammolarni aholi orasiga kirib borib örganiş samarasi bilan bir oilaning farzandi, uç bolaning onasi soğaya boşladi.