Dunyoda mehr-oqibat qolmadi, odamlar bir-biriga faqat manfaat uçun yaxşilik qiladi, degan gaplarni köp eşitamiz. Biroq bunday xulosa qilişga şoşmaslik kerak. Dunyoda hamma ham manfaatni öylab yaxşilik qilmaydi, mehrni pulga sotmaydi. Şunçaki qalb amriga böysunib yaxşilik qiluvçilar, mehr ulaşuvçilar juda köp. Hozir hikoya qilayotganimiz turkiyalik Gulsum Kabadayi ana şunday ayollardan biri.

Tasodifiy uçraşuv

2008-yilda Turkiyaning Antalya şahridagi kasalxonaga dahşatli yöl-transport hodisasidan omon qolgan yigitni olib borişadi. 17-18 yoşlar atrofidagi yigitning ahvoli oğir edi. Şifokorlar qölidan kelganini qiladi, biroq yigit falaj bölib qoladi. U na gapirar, na harakat qilardi.

Yigitni izlab şifoxonaga heç kim bormaydi. Yonida şaxsini tasdiqlovçi hujjati yöq, şifokorlar uning ismini ham, millati va qayerdan ekanini ham bilmasdi. Tirik murdaga aylangan yigit şu holda kasalxonada qoladi. Qahramonimiz Gulsum Kabadayi bir kuni yigit yotgan kasalxonaga qarindoşidan xabar olgani borib, uni körib qoladi. Maʼmuriyatdan yigit haqida sörab-suriştiradi.

Ayolga yigit gapira olmasligi, yonida heç qanday hujjati ham yöqligini va uni bironta odam sörab kelmaganini aytişadi. Gulsum bolalari tengi yigitni taşlab ketgisi kelmaydi. Bolaga mehr qöyib, uni parvariş qila boşlaydi. Yigitga umid maʼnosini anglatuvçi Umut deb ism beradi. Gulsum Umutni parvariş qilişni boşlagaç, yigit yana 100 kun jonlantiriş bölimida qoladi. Keyin yigitni palataga olişadi.

Ayol bir yil davomida bolaga kasalxonaga qatnab qaraydi. Keyin uni öğil qilib oliş uçun ariza beradi va barça hujjatlar rasmiylaştirilgaç, yigitni uyiga olib ketadi. Öşanda Umutga Mustafo Oz nomi bilan Turkiya pasporti ham beriladi.

Ayolning uç bolasi bor edi va ularni yolğiz katta qilardi. Ayol bir neça oy falaj bölib qolgan yigitni parvariş qilib, holdan toyadi. Yigit ozib ketib, vazni 30 kg bölib qoladi. Umut özi ovqatlana olmas, Gulsum uni nayça orqali ovqatlantirardi. Qöl-oyoği işlamaydigan yigit hojatga ham bora olmas, matonatli ayol bu parvarişni ham gardaniga olgandi.

Ayol har kuni 15-20 ta taglik almaştirar, yigitni toza saqlaş uçun yuvintirar, bir neça marta yonboşga ağdarar, yana yaralariga malham surtardi. Qisqasi ayol yigitni parvariş qiliş bilan birga uni davolardi. Ayol yigitni va uning xonasini juda toza saqlagani uçun Umutda töşakka mixlanib qolgan ayrim bemorlarda böladigan yoqimsiz hid yöq edi. Gulsumning tarbiyali bolalari ham Umutni oilaning yangi aʼzosi sifatida qabul qilgandi.

Rus bölib çiqqan Umut va beş ona

Gulsum Umutni parvarişlar ekan, ança vaqt uning qayerdan ekani va millatini bilolmaydi. Ayol Umutni heç bir manfaatni közlamagan holda parvariş qilar, şunçaki uning kimligini aniqlasa, bu haqda qarindoşlariga xabar berişni öylardi.

Ayol Umutning yonida bölganida bir holatni sezib qoladi: yigit rusça sözlar eşitganida yuz körinişi özgarardi. Şunda Gulsum uning rus ekanini taxmin qiladi. Şu tarzda oradan tört yil ötadi va Umutning soğligida aytarli özgariş bölmaydi. Yigit hamon gapira olmas, falajlangan holda yotardi.

Bu orada Gulsumning qahramonligidan turk OAV xabar topadi va saytlarda u haqda maqolalar eʼlon qilinadi. Turk ayoli va u parvariş qilayotgan rus yigiti haqidagi xabarlar Rossiyaga ham yetib boradi. 2013-yil yanvarda Gulsumni Rossiyadagi eng ommabop körsatuvlardan biri «Pust govoryat»ga taklif etişadi. Körsatuvda ayol Umutni qanday uçratib qolgani va parvarişlayotgani haqida gapirib beradi.

Köp ötmay körsatuvning ikkinçi qismi namoyiş etiladi. Unda Rossiyaning turli hududlaridan va Moldovadan kelgan beş nafar ayol Umut öğli ekanini daʼvo qiladi. Biroq DNK tekşiruvlari ayollarning birortasi yigitning onasi emasligini tasdiqlaydi.

Turkiyaga qaytgan Gulsum yigitga özi iştirok etgan körsatuvlar videosini qöyib beradi. Umut körsatuvni jim tomoşa qiladi va heç qanday reaksiya körsatmaydi.

Umutning vafoti

Gulsum Rossiyaga borib kelganidan söng biroz ğalati holga tuşadi. Bir tomondan u Umutning yaqinlarini topişni maqsad qilgandi. Ikkinçi tomondan u öz bolasiday bölib ketgan yigitdan ajralişni xohlamasdi. Umutning onasiman deb daʼvo qilgan ayollarning yigitga heç kim emasligi Gulsumni bir tomondan xursand qilsa, ikkinçi tomondan Umutning yaqinlarini topa olmagani uçun xafa böladi.

U bir neça bor mabodo Umutning yaqinlari topilganda ham yigit bilan aloqalarni uzib yubormasligini va u bilan ona-bola bölib qolaverişini taʼkidlaydi. Öşanda Gulsum asrab olingan öğlini yöqotişdan emas, yaqinlari Umutga qanday munosabatda bölişidan, unga yetarliça ğamxörlik qila olmasligidan köproq xavotirlanardi. Axir bir neça yil Umutga ğamxörlik qilgan ayol yigitning ahvolini, qanday dori-darmonlarni qabul qilişini, unga har kuni qanday muolajalar lozimligini yaxşi bilardi. Ayol yigitni köz bilan javob berişga örgata olgan edi.

2018-yilda yanvar oyida Umutning ahvoli birdaniga yomonlaşadi. Yigitni şifoxonaning jonlantiriş bölimiga yotqizişadi. Ön kun ötib Umut jon beradi. Şifokorlar uning ölimiga pnevmoniya, içki aʼzolardagi kasalliklar va buyrak yetişmovçiligi sabab bölganini aytişadi.

Umutning vafotidan Gulsum qattiq qayğuga tuşadi. Ayol yigit uçun qölidan kelgan barça işni qilgan, biroq uning hayotini saqlab qololmaganidan azoblanadi. Köp ötmay Gulsum xayriya taşkiloti tuzadi va nogironi bor oilalarga aravaçalar va tibbiy yordam berişni yölga qöyadi. Umut uçun sotib olingan tibbiy uskunalarni reabilitatsiya markaziga xayriya qiladi. Ayol Umutning buyumlarini özida saqlab qoladi va yigitning qabrini tez-tez ziyorat qilib turadi.

Gulsumning matonati haqida film

2025-yilda Turkiya va Rossiya kinoijodkorlari Gulsum va Umut haqida film suratga olişadi. Filmning Moskvadagi yopiq taqdimoti 2025-yil oktabrda, jahon taqdimoti esa 7-noyabr kuni ötkaziladi. «Bi Umut» deb nom berilgan filmda Gulsum rolini turkiyalik aktrisa Xulya Duar, Umut rolini Leon Kemstaç ijro etadi. Filmda badiiy töqima juda kam bölib, unda asosan biroz avval hikoya qilganimiz Gulsum va Umut boşidan keçirgan voqealar tasvirlanadi.