Rossiya prezidenti Vladimir Putin Germaniya sobiq kansleri Angela Merkelning Minsk kelişuvlari haqidagi bayonotidan hafsalasi pir bölganini bildirdi. «Töğrisini aytsam, bu men uçun mutlaqo kutilmagan böldi, hafsalam pir böldi. Men, rostini aytsam, sobiq federal kanslerdan buni eşitişni kutmagandim, çunki doim Germaniya Federativ Respublikasi rahbariyati biz bilan özini samimiy tutganidan kelib çiqqanman», dedi Rossiya davlat rahbari 9 dekabr, juma kuni Bişkekdagi matbuot anjumani çoğida.
Putinning sözlariga köra, sobiq kansler sözlari Ukraina bilan uruş boşlaş töğri qaror bölganidan dalolat beradi, çunki «ma’lum bölişiça, bu Minsk kelişuvlarining barçasini heç kim bajarmoqçi bölmagan». «Aftidan, rostini aytsam, biz öz fikrimizni juda keç tuşundik. Balki bularning barçasi ertaroq boşlanişi kerak edi», dedi prezident.
Şu bilan birga, Rossiya rahbari «hozirda işonç masalasi kelib çiqyapti», deb hisoblaydi. «Şunday qilib, işonç deyarli nolga teng, ammo bunday bayonotlardan söng, albatta, qanday qilib, nima haqida va kim bilan muzokara qiliş mumkin, kafolatlar qayerda, degan savol tuğiladi», dedi Putin. Ammo, u «oxir-oqibat muzokara qiliş kerak» bölişini tan oldi.
Merkel 7 dekabr kuni Die Zeit naşriga bergan intervyusida Rossiya va Ukraina örtasida 2014 yildagi Minsk kelişuvlari mojaroning yeçimi emas, balki «muzlatib qöyiş» bölganini va Ukrainaga kuçayişi uçun «qimmatli vaqt» berganini aytdi.
«2014 yildagi Minsk kelişuvlari Ukrainaga vaqt berişga uriniş edi. U ham bu vaqtdan kuçayiş uçun foydalangan, buni bugun körib turibsiz. 2014/15 yilgi Ukraina bugungi Ukraina emas», - dedi Merkel 2015 yilda Donetsk viloyatidagi Debalsevo uçun olib borilgan janglarni misol qilib keltirgan holda. «Men öşanda NATO mamlakatlari Ukrainaga hozirgidek köp yordam bera olişi mumkin bölganiga şubha qilaman», - deya qöşimça qildi Merkel.
«Şimoliy oqim-2» gaz quvurining işga tuşirilişi haqidagi savolga javob berar ekan, Merkel uni tasdiqlaş uçun ariza hukumat tomonidan emas, balki kompaniyalar tomonidan berilganini ta’kidladi. «Oxir-oqibat, federal hukumat va men uçun «Şimoliy oqim-2»ni ma’qullaşni töğridan töğri inkor etuvçi siyosiy akt sifatida yangi qonun qabul qiliş-qilmaslikni hal qiliş masalasi muhim ahamiyatga ega böldi», deb tuşuntirdi Merkel.












