Rossiya qöşinlari Ukraina hududiga zarbalar beriş uçun Eronda işlab çiqarilgan uçuvçisiz uçiş apparatlaridan yana faol foydalana boşladi, deb xabar berdi Amerika uruşni örganiş instituti (ISW) 10 dekabr, şanba kungi kundalik şarhida. Uning ekspertlari Ukraina Qurolli kuçlari Harbiy-havo kuçlari qömondonligining 10 dekabrdagi xabariga tayangan, unda Rossiya harbiylari Xerson, Mikolayiv va Odessa viloyatlarida Shahed 136 va Shahed 131 dronlari yordamida 15 ta hujum uyuştirgani aytiladi. Odessada 10 dekabr kuni Rossiyaning energetika obektlariga hujumidan söng, muhim infratuzilma obektlaridan taşqari barça iste’molçilar elektr energiyasiz qoldi.
Öz navbatida, ISW qayd etişiça, 7 dekabr kuni Rossiya harbiylari uç haftalik tanaffusdan söng Ukrainadagi nişonlarga zarba beriş uçun Eron UUAdan foydalanişni qayta boşlagan. Bir neça kun oldin Amerikaning NBC News telekanali Oq uydagi manbalariga tayanib, Rossiya hukumati Eron dronlarini qabul qilib oliş evaziga Eronga «misli körilmagan darajada» harbiy-texnik yordam körsatayotgani haqida xabar bergan edi.
ISW'ning fikriça, Rossiya qöşinlari Erondan uçuvçisiz uçoqlarning yangi partiyasini olgan yoki yaqin kelajakda yetkazib berilişini kutmoqda. Bundan taşqari, Rossiya qöşinlari uç hafta davomida uçuvçisiz uçiş apparatlarini işlatmagan, şu tariqa dronlar töplanib qolgan bölişi mumkin. Bundan taşqari, Eronda işlab çiqarilgan dronlarni qiş şaroitida işlatiş uçun ularni modifikatsiya qiliş zarurligi qayd etilgan.
Ukraina Qurolli kuçlari Boş razvedka boşqarmasi boşliği Kirill Budanov oktyabr oyida Erondan Rossiyaga kelayotgan dronlarning har bir partiyasi 300 ta UUAdan iborat ekanligini aytdi. Umuman olganda, Budanovning xabar berişiça, Rossiya Erondan 1700 ga yaqin barça turdagi UUA sotib olgan. Uning sözlariga köra, oktyabr oyining oxiriga kelib, Rossiya dronlarning birinçi partiyasini tugatib, ikkinçisidan foydalanişni boşlagan.
Rossiya Erondan dron sotib olganini rad etmoqda. Şu bilan birga, Eron Rossiyaga uçuvçisiz uçoqlarni yetkazib berganini, biroq bu Ukrainaga qarşi uruş boşlanişidan oldin sodir bölganini ma’lum qildi.













