“Köp sohalarda yillar davomida yetarliça samarali işlay olmadik. Masalan, paxtaçilikni olaylik. Şunça politbyuro, obkom, raykomlar bilan ham kosamiz oqarmadi. Hozir-çi? Paxtani manfaat yetiştiryapti. Bozor özi tartibga solyapti. Endi boşqa sohalarni, jumladan “Özbekiston havo yöllari” kompaniyasini ham isloh qiliş vaqti keldi.
Kompaniya erkin, oçiq va raqobatbardoş bölişi kerak. Hozir uning aviaparkida 30 ga yaqin samolyot bor. Misol uçun, samolyotlar sonini oşiriş, xizmatlar sifatini yaxşilaş, narxlarni arzonlaştiriş va nafaqat mahalliy reyslar, balki xalqaro yönalişlarda ham raqobatbardoş bölişi lozim. Albatta, samolyotni sotib oliş mumkin, lekin undan töğri foydalaniş şart.
“Havo yöllari” erkin va oçiq işlaşga ötadi. Xalqimiz kutgandek arzon va xavfsiz aviakompaniya taşkil etiladi”, – dedi Şavkat Mirziyoyev.
Eslatib ötamiz, avgust oyida Uzbekistan Airways'ni xususiylaştiriş böyiça ilk qadam taşlangan edi. Davlat aktivlarini boşqariş agentligi kompaniyani xususiylaştiriş strategiyasini işlab çiqiş uçun professional konsalting kompaniyasi tanlab olinişi yuzasidan tanlov e’lon qilgandi.












