Rossiya prezidenti rejalarining heç biri iş bermadi va uning özi xalqaro izolyatsiyaga tuşib qoldi. Bu haqda Germaniya kansleri Bundestagda 2022 yilda bölib ötadigan YeIning sönggi sammiti oldidan ma’lum qildi. 

Rossiya prezidenti Vladimir Putin Yevropa davlatlari tuzilişiga «notöğri baho berib», Yevropa va Ğarbning bunday birdamligini kutmagandi. Bu haqda Germaniya kansleri Olaf Şols ma’lum qildi. Rossiya rahbariyati «gaz jömragini öçiriş» orqali Yevropa birdamligini böğa olmadi, dedi Germaniya hukumati rahbari 14 dekabr, çorşanba kuni Yevropa Ittifoqi sammiti oldidan Bundestagda hukumat bayonoti bilan çiqişida. 

«Putinning heç bir rejasi iş bermadi», - deya ta’kidladi u Ukrainani ommaviy qöllab-quvvatlaş va qurol-yaroğ bilan ta’minlaşga işora qilib. Şolsning sözlariga köra, Germaniyaning Gepard zenit tanklari «köplab rus raketalari urib tuşirilişiga juda samarali hissa qöşyapti». 

Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirişi muvaffaqiyatli bölmaydi, Putinning «ukrainlar jasorati, Yevropa, biz haqimizda, demokratiyamiz tabiati, qudratli davlat va imperializmga qarşi turiş istagimiz haqida»gi rejalari notöğri bölgan», dedi Germaniya kansleri. Şols Ukrainani har qanday yöl bilan «aynan kerak bölganda» qöllab-quvvatlaşga va’da berdi. U, şuningdek, Rossiyaga qarşi sanksiyalar «Putin özining şafqatsiz harbiy tajovuzkorligini davom ettirar ekan, saqlanib qolişi va yanada kuçaytirilişini» ta’kidladi. 

Germaniya kansleri Moskvani «uruş olib borişning jirkanç usullarida» ayblab, fuqarolik infratuzilmasiga, xususan, elektr va suv ta’minoti obektlariga maqsadli hujumlar uyuştirilganiga işora qildi. U Moskvaga, Vladimir Putinga «özining çidab bölmas buyuk davlat maniyasi» bilan yakkalanib qolgani haqida signallar yetib borganiga umid bildirdi. Xususan, bu Indoneziyadagi G20 yiğilişida yaqqol közga taşlandi, deya qöşimça qildi Germaniya hukumati rahbari. 

Şols, şuningdek, birmunça vaqt Ukrainaga 18 milliard yevrolik yangi yordam paketi böyiça qaror qabul qilinişiga tösqinlik qilgan Vengriya pozitsiyasini ham bilvosita tanqid qildi. «Kimki Yevropa Ittifoqining taşqi siyosat va xavfsizlik siyosatida harakat qiliş qobiliyatini xavf ostiga qöyib, uning barça a’zolari öz zimmasiga olgan YeIning asosiy qadriyatlariga bepisandlik bilan qarayman deb öylagan bölsa, u muvaffaqiyatsizlikka uçraydi», dedi u. 

Şu bilan birga, Şols xalqaro hamjamiyat oldida turgan asosiy muammolar - iqlimni muhofaza qiliş, pandemiya, biologik xilma-xillik va raqamlaştiriş muammolari böyiça keng global hamkorlik zarurligini e’lon qildi. «Hamma narsa AQŞ va Xitoy atrofida aylanadigan bipolyar davr ğoyasi haqiqatga töğri kelmaydi», dedi u. Şolsning fikriça, XXI asr dunyosi köp qutblidir. 

Gap Osiyo, Afrika, Lotin Amerikasi va Karib havzasi davlatlari bilan yaqin hamkorlik haqida bormoqda, dedi u. Xususan, Germaniya kanslerining fikriça, YeI strategiyasi muhim elementi Janubi-Şarqiy Osiyo davlatlari uyuşmasi (ASeAN) bilan hamkorlikdir. Uning ta’kidlaşiça, uşbu taşkilotning 10 ta davlatida jami 670 million kişi, Yevropa Ittifoqida esa 450 million kişi istiqomat qiladi. 

14 dekabr kuni Bryusselda ilk bor ASeAN davlatlari rahbarlari bilan sammit bölib ötadi. Ertasi kuni Yevropa Ittifoqining 2022 yildagi sönggi sammiti ötkaziladi.