Bugun Navoiy şahrida xalq deputatlari Navoiy viloyati, tuman va şahar kengaşlari deputatlarining böşab qolgan öringa Oliy Majlisining Senati a’zosi saylovi böyiça qöşma majlisi bölib ötdi. Bu haqda Kun.uz’ga hokimlik axborot xizmati xabar berdi.

Foto: Navoiy viloyati hokimligi

Qöşma majlisda Özbekiston Markaziy saylov komissiyasi raisi Zayniddin Nizomxöjayev iştirok etgan va nomzodni saylaş tartibi töğrisida yiğilganlarga atrofliça ma’lumot bergan. Qöşma majlisga xalq deputatlari viloyat kengaşi deputati Jamoliddin Hamroyev raislik qilgan.

Foto: Navoiy viloyati hokimligi
Foto: Navoiy viloyati hokimligi

Senat a’zoligiga Navoiy viloyati hokimi Normat Tursunov nomzodi ilgari surilgan hamda yaşirin ovoz beriş jarayonlari ötkazilgan. Sanoq komissiyasi xulosasiga köra, qöşma majlisda 312 nafar deputat qatnaşib, ulardan 309 nafari nomzodni yoqlab ovoz bergan.

Eslatib ötamiz, 2021 yil noyabr oyidan buyon viloyatga rahbarlik qilib kelayotgan Normat Tursunov 2022 yil 25 noyabr kuni Navoiy viloyati hokimi etib tasdiqlangandi.