Samarqand, Buxoro va Navoiy şaharlari hamda Sirdaryo viloyatida 30-avgust kuni havoning maksimal harorati böyiça tarixiy rekordlar kuzatildi.

Özgidromet xabariga köra, 30-avgust kuni:

  • Buxoro şahrida maksimal havo harorati 39,3°C ni taşkil etib, 1945-yilda qayd etilgan harorat körsatkiçini takrorladi.
  • Samarqand şahrida maksimal havo harorati 38,0°C ni taşkil etib, uşbu sanada 1937-yilda qayd etilgan harorat körsatkiçini takrorladi.
  • Navoiy şahrida 30-avgust kuni maksimal havo harorati 40,5°C ni taşkil etib, 2010-yildagi 38,0°C körsatkiçni ortda qoldirdi.
  • Sirdaryo viloyatida maksimal havo harorati 38,1°C ni taşkil etib, 2025-yilda qayd etilgan körsatkiçni takrorladi.