Navoiy şahriga yangi hokim tayinlandi. Bu haqda Navoiy viloyati hokimligi axborot xizmati xabar berdi.

Maʼlum qilinişiça, Navoiy viloyati hokimining 2026-yil 13-oktabrdagi tegişli qaroriga asosan Islomov Bobir Husnidinoviç Navoiy şahar hokimi etib tayinlangan.

Tayinlovga qadar u “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ boşqaruvi raisining elektr tarmoqlaridan foydalaniş böyiça birinçi örinbosari lavozimida faoliyat yuritgan.

Bobir Islomov 1981-yilda Navbahor tumanida tuğilgan. U 2003-yilda Navoiy davlat konçilik institutini, 2005-yilda Buxoro oziq-ovqat va yengil sanoat texnologiyasi institutini, 2012-yilda esa Oliy biznes maktabini tamomlagan.

Navoiy şahriga 2023-yil iyul oyidan buyon Dilmurod Ergaşev rahbarlik qilib kelayotgandi. Uning lavozimdan oliniş sababi keltirilmagan.

Prezident 21-iyul kuni yilning birinçi yarmida erişilgan natijalar va yil yakunigaça qilinadigan işlar muhokamasiga bağişlangan videoselektor yiğilişida boş vazirga 17 nafar hokimning lavozimiga loyiqligini körib çiqişni topşirgandi. Röyxatda Navoiy şahri hokimi ham bor edi.