Britaniya Rossiya agressiyasidan himoya qiliş uçun Ukrainaga yana yuz minglab artilleriya öq-dorilarini yetkazib beradi. Boş vazir Rişi Sunak 19 dekabr, duşanba kuni Rigada bölib ötadigan Birlaşgan ekspeditsiya kuçlarining (Joint Expeditionary Force, JEF) yiğilişida 250 million funt sterling (taxminan 287 million yevro)lik yangi harbiy yordam loyihasini taqdim etadi.
Kelgusi çorak milliard funtlik şartnoma «Ukrainaga 2023 yilgaça zaruriy artilleriya öq-dorilarini yetkazib berişni ta’minlaydi», deyiladi Britaniya boş vazirining Dauning-stritdagi qarorgohida.
Rossiya qöşinlarining Ukrainaga keng kölamli bostirib kirişi boşlanganidan beri Buyuk Britaniya 100 mingdan ortiq öq-dorilar va boşqa harbiy texnika, jumladan, bir neçta raketa tizimlari va 125 ta zenit qurilmalarini yetkazib berdi, deyiladi hisobotda.
Latviya poytaxtida Sunak JEF'ni şakllantirişda iştirok etuvçi davlatlar - Daniya, Islandiya, Latviya, Litva, Niderlandiya, Norvegiya, Finlandiya, Şvetsiya va Estoniya rahbarlari bilan uçraşib, Ukrainadagi uruşni muhokama qiladi. Sunakning sözlariga köra, «Birlaşgan ekspeditsiya kuçlarining uşbu sammiti bizning yaqin döstligimiz va Ukrainani sönmas qöllab-quvvatlaşimizni ta’kidlaydi».
2014 yilda London taşabbusi bilan taşkil etilgan köpmillatli ekspeditsiya kuçlari BMTning tinçlikparvarlik missiyalari tarkibida, gumanitar harakatlarda, şuningdek, Qrim annexia qilinganidan keyin potensial raqiblarni, şu jumladan, Rossiyani töxtatib turiş uçun işlatilişi közda tutilgan.












