Toşkent şahrida 475 kmga yaqin 34 ta alohida avtobus yölakçalari taşkil etiladi. Xususan, yaqin bir hafta içida Alişer Navoiy, Beruniy, Amir Temur va Farğona yöli singari markaziy köçalar böylab, qolgan köçalarda esa 1−2 oy içida ana şunday yölakçalar töliq yölga qöyiladi. Bu haqda IIV Jamoat xavfsizligi departamenti Yöl-harakati xavfsizligi xizmati boşqarma boşliği Fazliddin Toşkenboyev ma’lum qildi.
Mulozimning sözlariga köra, yölakçalarda avtobuslardan taşqari faqatgina tez yordam, yonğin xavfsizligi va IIV avtomobillari harakatlanişi mumkin. Qolgan avtotransport vositalariga esa harakatlaniş taqiqlanadi va bu tegişli javobgarlikka sabab böladi.
“Ammo har qanday avtomobilga ma’lum sababga köra, masalan, yöl yoqasidagi obektlarga yoki köçaga kiriş uçun uşbu yölakda foydalanişga ruxsat etiladi. Bunda tegişli joylar punktir (uzuq çiziq) bilan ajratiladi. Bu yölakça taşkil etilayotgan davrda hammasi hisobga olinadi”, – deydi Fazliddin Toşkenboyev.
YHXX alohida ajratilgan tasmalarda harakatlaniş yoki töxtaş tartibi böyiça videoyöriqnoma e’lon qildi. Unda aytilişiça, haydovçilar yölovçini yöl böyida tuşiriş yoki oliş uçun avtobuslarga halaqit bermagan holda ular uçun möljallangan bölakka kirişi va töxtaşi mumkin, lekin yölovçi avtomobildan tuşib yoki avtomobilga çiqib bölgaç, ortiqça töxtab turmay, alohida harakat bölagini tark etişi kerak.
Ma’lum qilinişiça, yönalişli transportlar uçun alohida harakatlaniş bölaklari bir yönalişda kamida 3ta harakatlaniş bölagi bor köçalarda taşkil etiladi.

Transport vazirligi huzuridagi Toşkent transport tizimini kompleks rivojlantiriş loyiha ofisi direktori Murod Obidovning Gazeta.uz'ga ma’lum qilişiça, birinçi bosqiçda avtobuslar uçun alohida harakatlaniş bölaklari 8 ta transport koridorida taşkil etiladi:
Amir Temur şoxköçasi KXAYdan TXAYgaça;
Şota Rustaveli – Alişer Navoiy;
Beruniy;
Samarqand darvoza – Kukça – Beşqayrağoç;
Lutfiy – Muqimiy – Bobur;
Farhod – KXAY;
Farğona yöli – Istiqbol;
TTZ – Mirzo Uluğbek – Maxtumquli.
Avvalroq Şavkat Mirziyoyev parlamentga murojaatnomasida jamoat transporti bilan boğliq vaziyatga e’tibor qaratib, Navröz bayramigaça respublikaga 2000 ta avtobus olib kelinişini aytgan (şuning yarmi Toşkent şahri uçun), bu orqali 300 ta mahalladagi 1 million aholining uzoği yaqin bölişini ta’kidlagandi.












