22 dekabr kuni Oliy Majlis Qonunçilik palatasida 2023 yilgi budjet qonuni 2 va 3-öqişlarda körib çiqildi. Deputat Dilmurod Ismoilov parlament e’tiborini kelayotgan yilda sud va prokuratura organlarining budjetdan taşqari jamğarmalariga soliqlar va yiğimlar, ma’muriy jarimalar, moliyaviy sanksiyalardan kelib tuşadigan mablağlarning bir qismi respublika budjetiga ötkazilişi belgilanayotganiga qaratdi.
“Ammo juda katta mablağlar manbasiga ega bölgan içki işlar organlari masalasi e’tibordan çetdan qolgan. Içki işlar organlarining budjetdan taşqari mablağlari jamğarmalaridan kelib tuşgan mablağlarni ham nazarda tutiş lozim deb hisoblayman”, – dedi deputat.
Muhokama quyidagiça davom etdi:
Timur Işmetov (moliya vaziri): Taklif örinli, mantiqli. Buni ham qabul qiliş mumkin deb hisoblaymiz.
Dilmurod Ismoilov: Keçagi muhokamalarda davlat boşqaruv organlarida içki işlarni nazarda tutganmiz degan javob böldi, ammo içki işlar organlari huquqni muhofaza qiluvçi organ hisoblanadi. Juda katta jarimalar (hisobiga) budjetdan taşqari mablağlar şakllantirişda katta mablağ manbasiga ega.
Nuriddinjon Ismoilov (spiker): Moliya vazirligi jon deb (Içki işlar vazirligini ham) qöşadi, ammo bu qançalik töğri, IIVning pozitsiyasi qanday?
Şarofiddin Nazarov (Budjet va iqtisodiy masalalar qömitasi raisi): Bu masalani ham örganib kördik, bu böyiça IIV vazirining xati ham bor, unda tuşumlarni oşiriş masalasi bor. Bu yilga möljallangan yangi tadbirlar bor, öşa tadbirlarni oşiriş uçun... birinçi navbatda yöl harakatini tartibga soliş masalasi bor, bir qança boşqariladigan çorrahalarda yangi uskunalar quriş masalasi...
Nuriddinjon Ismoilov: Demak, tuşunişimça, Içki işlar vazirligi bunga qarşimi?
Şarofiddin Nazarov: Ular bizga kiritgan xatida hatto qöşimça mablağ ajratişni söragan.
Nuriddinjon Ismoilov: Unda, Timur Alimjonoviç, sizlar kiritgan variantni qoldiraveraylik, qöşilmagan bölsa, qöşilmasin. Çunki ular ham mablağlarini nimadirlarga ajratadi-ku.
Şarofiddin Nazarov: Hukumat tomonidan ularga vazifalar qöyilgan ekan 2023 yil uçun. Uni moliyalaştiriş kerak.
Timur Işmetov: Aslida biz bunda Içki işlar vazirligini ham inobatga olganmiz, bu redaksiyada yuridik kriminologiya tuşib qolgandek bölyapti, ammo amaliyotda ham kerak bölgan vaqtda har qanday vaqtda prezident farmoni bilan vazirliklarning budjetdan taşqari mablağlari budjetga ötkaziladi. Buni ham davom ettiramiz. Vazirlikning daromadlari köproq bölsa, budjetga mablağ kerak bölgan vaqtda har qanday vazirlikning jamğarmalaridan, rozi böladimi, rozi bölmaydimi, yeçib olamiz.
Nuriddinjon Ismoilov: Demak, hukumat tomonidan (loyiha) qanday kiritilgan bölsa, qoldiramiz.












