Uçraşuvda Özbekiston-AQŞ harbiy va harbiy-texnik hamkorligi ustuvor yönalişlari yuzasidan fikr almaşildi. Suhbat çoğida AQŞ Mudofaa vaziri örinbosari joriy yilda nişonlangan ikki tomonlama munosabatlar tarixidagi muhim sanalar, diplomatik munosabatlar örnatilgani 30 yilligi, strategik şeriklik munosabatlari 20 yilligi va Missisipi ştati bilan hamkorlik dasturi 10 yilligi bilan tabrikladi.
Bundan taşqari, mintaqaviy xavfsizlikni ta’minlaş, xalqaro terrorizm, uyuşgan jinoyatçilik, qurol-yaroğ va narkotik moddalar noqonuniy aylanişiga qarşi kuraşiş sohasida hamkorlikni faollaştiriş böyiça takliflar körib çiqildi.
AQŞ tomoni Özbekiston Markaziy Osiyoda işonç, şeriklik va yaxşi qöşniçilik muhitini yaratiş, mintaqada tinçlik va barqarorlikni mustahkamlaş borasidagi sa’y-harakatlarini yuqori baholadi. Özbekiston va AQŞning Afğonistondagi vaziyat keskinlaşuviga yöl qöymaslikdan özaro manfaatdorligi qayd etildi.
Maxsus operatsiyalar kuçlari bölinmalarini tayyorlaş, qöşinlar jangovar tayyorgarligi, harbiy ta’lim sohasida hamkorlikni davom ettiriş, Özbekiston Qurolli Kuçlari akademiyasi va AQŞ Mudofaa vazirligi yetakçi harbiy ta’lim muassasalari örtasida özaro hamkorlikni yölga qöyiş muhimligi ta’kidlandi.












