NATO boş kotibi Yyens Stoltenberg Xalqaro valuta jamğarmasi (XVJ) rahbari lavozimini egallaşi mumkin. 

Norvegiyaning TV2 telekanali xabariga köra, Stoltenbergning yangi lavozimga tayinlanişi uning NATO rahbari sifatidagi vakolatlari tugaganidan keyin amalga oşadi.

Mart oyida NATO mamlakatlari yetakçilari Yyens Stoltenbergning alyans boş kotibi mandatini uzaytirişga, lavozimida 2023 yil 30 sentabrgaça qolişiga qaror qilişgandi.

Yyens Stoltenberg - Norvegiyaning sobiq boş vaziri. U 2014 yil oktyabr oyidan beri NATO Boş kotibi lavozimida işlab kelmoqda. 24 mart kuni Bryusseldagi NATO sammitida Stoltenberg NATO Boş kotibi lavozimida yana bir yil qolişga rozi böldi.

2019 yil 1 oktyabrdan boşlab Kristalina Georgiyeva XVJ boşqaruvçi direktori lavozimida işlab kelmoqda. Uning muddati 2024 yilda tugaydi.