Visual Capitalist infografikasida XVJning 2026-yil oktabr boşidagi maʼlumotlaridan foydalanilgan. Qarz miqdorlari AQŞ dollariga aylantirilgan. Reyting mamlakatlarning umumiy taşqi qarzini emas, faqat jamğarma oldidagi tölanmagan kreditlarini aks ettiradi.

Ukrainadan keyin Pokiston - 10,8 milliard dollar, Misr - 10,6 milliard dollar va Ekvador - 9,4 milliard dollar qarz bilan joylaşgan.

Argentinaning katta qarzi mamlakatning XVJdan uzoq yillar davomida mablağ jalb qilib kelgani bilan izohlanadi. Valyuta inqirozlari, yuqori inflyatsiya va xalqaro kapital bozorlaridan mablağ olişdagi qiyinçiliklar uni jamğarmaga qayta-qayta murojaat qilişga majbur etgan.

2018-yilda valyuta inqirozi fonida Argentina uçun 57 milliard dollarlik rekord kredit dasturi maʼqullangan. 2022-yilda yana bir yirik kelişuvga erişilgan.

2025-yil aprelida tasdiqlangan navbatdagi dastur esa 20 milliard dollarlik moliyalaştirişni, jumladan, darhol 12 milliard dollar ajratişni nazarda tutgan. Mablağlar iqtisodiyotni barqarorlaştiriş, valyuta zaxiralarini tiklaş va investorlar işonçini mustahkamlaşga qaratilgan. Bu summalar alohida dasturlar hajmi bölib, ularni qöşiş orqali mamlakatning hozirgi qarzini hisoblab bölmaydi.

Ukrainaning qarz olişi Rossiyaning 2022-yilda boşlagan keng kölamli hujumi oqibatida yuzaga kelgan favqulodda xarajatlar bilan boğliq. Manbaga köra, 2026-yil fevralida Ukraina XVJ bilan 8,1 milliard dollarlik yangi moliyalaştiriş dasturini kelişgan. U uruş şaroitida moliyaviy barqarorlikni saqlaşga xizmat qilişi közda tutilgan.

Pokistonda esa soliq tuşumlarining kamligi, xorijiy valyuta tanqisligi va energetika sohasidagi qarzdorlik asosiy muammolar qatorida keltirilgan. XVJ qöllab-quvvatlayotgan islohotlar soliq bazasini kengaytiriş, valyuta zaxiralarini töldiriş va davlat moliyasini soğlomlaştirişga qaratilgan.