Şikastlangan «Şimoliy oqim» gaz quvurini ta’mirlaşning taxminiy qiymati 500 million dollardan boşlanadi, deb yozdi The New York Times.
Quvurga xizmat körsatuvçi Nord Stream AG kompaniyasi sentabr oyida portlatilgan quvurni ta’mirlaş xarajatlarini hisoblab çiqmoqda. Dastlabki ma’lumotlarga köra, ta’mirlaş kamida 500 million dollarga tuşadi.
Bu iş bilan şuğullanuvçi maslahatçilar portlaşdan zarar körgan quvurlar şör dengiz suvi ta’siriga qança vaqt bardoş bera olişini ham örganmoqda.
Avvalroq Rossiya boş vaziri örinbosari Aleksandr Novak «Şimoliy oqim» tizimini tiklaş imkoniyatlari topilişini aytgan edi. «Bunday baxtsiz hodisalar heç qaçon bölmagan. Albatta, infratuzilmani tiklaş uçun texnik imkoniyatlar mavjud, buning uçun vaqt va tegişli mablağ kerak», — dedi Novak oktyabr oyida.
«Gazprom» ham yeçimlarni izlay boşlaganini e’lon qildi. «Hozirda muddatlarni taxmin qilişning iloji yöq. Işonç bilan ayta olamizki, bu juda qiyin texnik vazifa», degan edi kompaniya vakili.
«Şimoliy oqim 1» va «Şimoliy oqim 2» quvurlari Boltiq dengizi tubi böylab Rossiyadan Germaniyagaça yotqizilgan. Ularning har biri ikki liniyadan iborat bölib, yiliga 55 milliard kub metr gazni yetkaziş uçun möljallangan. Birinçisi böyiça gaz yetkazib beriş 2011 yilda boşlangan, ikkinçisi esa heç qaçon işga tuşirilmagan.
Sentyabr oyi oxirida törtta «Şimoliy oqim» liniyasidan uçtasi portlaş oqibatida şikastlandi. Rossiya prezidenti Vladimir Putin diversiyada «anglo-saksonlar»ni aybladi. AQŞ Davlat kotibi Entoni Blinken bu ayblovlarni «absurd» deb atadi.
NATO quvurlar «qasddan sodir qilingan qöporuvçilik harakati» oqibatida şikastlanganini ma’lum qildi. Şvetsiya xavfsizlik xizmati dastlabki tergov natijalariga köra, quvurlarga zarar yetkazişning ehtimoliy sababi portlaş deb atadi. Ammo avariya böyiça dastlabki tergov natijalarini Rossiya bilan baham körişdan boş tortdi. 21 dekabr kuni diplomatik va razvedka xizmatlari vakillaridan intervyu olgan The Washington Post naşri Ğarb rasmiylari qöporuvçilik ortida Rossiya turganiga oid dalil topa olmagani haqida yozgan edi.












