Seuldan 20 kilometr janubda joylaşgan Kvaçxon şahridagi avtomagistral tunnelida sodir bölgan yonğin oqibatida jami olti kişi halok böldi.
Yonğin mahalliy vaqt bilan 13:49 atrofida boşlangan va avtobus bilan yuk maşinasining töqnaşuvi oqibatida kelib çiqqani taxmin qilinmoqda.

Yonğin oqibatida tarqalgan tutundan 20 dan ortiq kişi zaharlangan va hozirda davolanmoqda.
Voqea joyida 50 ga yaqin öt öçiriş maşinasi va texnikasi, şuningdek, 140 ga yaqin öt öçiruvçi jönatilgan. Mahalliy vaqt bilan 14:40 atrofida yonğin bartaraf etilgan.
Politsiya va öt öçiriş bölimi avariya holati yuzasidan suriştiruv boşlagan.












