Ijtimoiy tarmoqlarda Buxoro viloyatida köp qavatli uy qulab tuşgani haqida xabar tarqaldi. Quriliş hamda Favqulodda vaziyatlar vazirliklari holat yuzasidan rasmiy munosabat bildirdi.
Favqulodda vaziyatlar vazirligiga köra, Buxoro şahri Ibn Sino köçasida qurilayotgan 7 qavatli uyning 7-qavati oraliq qismida bölgan 3 dona beton plita qulab tuşgan. Hodisa oqibatida tan jarohati olgan va halok bölganlar yöq. Ma’lum qilinişiça, bino 5-qavatga qadar pişiq ğişt, oltinçi va yettinçi qavatlari gazoblok teriş yöli bilan qurilgan.
Qurilişi yakunlanmagan binoning 7-qavati tom yopmasi beton plitalari ostida bölgan temir beton-tösinda ortiqça yuklaniş berilişi sababli buziliş yuzaga kelgan. Binoning asosiy qismi, oltinçi qavat temir-beton tösinlari va beton plitalar mustahkamlik darajasini yöqotmagan, şu vaqtning özida quruvçi tomonidan egilgan beton plitalar xavfsiz joyga tuşirilib, xavf bartaraf etilgan.



Quriliş vazirligining ma’lum qilişiça, Buxoro şahar Bahouddin Naqşband köçasi yoqasidagi binoning 7-qavatida tösinlarga tayangan 5 ta plita tuşib ketgan. Buning sababi binoning asosiy yuk kötaruvçi konstruksiyasi ramaning tösin qismlari mahalliy qum-şağal aralaşmasidan tayyorlanib, quyma betondan bajarilgan. Qolaversa, beton işlari quriliş maydonining özida qum-sement nisbatiga amal qilinmasdan, tavakkalçilikka asoslangan holda tayyorlangan, tösinlar yetarliça mustahkamlik darajasiga ega bölmasdan turib, uning ostidagi yoğoçli tayanç ustunçalari olib taşlangan.
Holat yuzasidan Buxoro viloyati quriliş sohasida hududiy nazorat inspeksiyasi tomonidan quriliş talablari buzilgani uçun fuqaro A.Sayfiddinov javobgarlikka tortilib, quriliş-montaj işlari töxtatilgan.
Hozirda holat yuzasidan viloyat IIB tezkor tergov guruhi tomonidan suriştiruv işlari olib borilmoqda.












