«Keça biz qöşni Özbekiston bilan çegara masalasiga nuqta qöydik», - dedi u.

Japarovning qöşimça qilişiça, Özbekiston Toşkent bilan kelişilgan holda çegara hududlaridagi qirğiz qişloqlarini suv bilan ta’minlaş majburiyatini oladi. Şu bilan birga, Qirğiziston rahbari biror hujjat imzolangan yoki imzolanmaganiga aniqlik kiritmagan.

U mamlakatda Andijon suv omborining Özbekistonga berilişiga qarşi bölayotgan noroziliklarga şaxsiy maqsadlarini közlagan kuçlar turtki berganini ta’kidladi. «Ularning asosiy maqsadi amalga oşmadi, çunki odamlar muammo qanday hal qilinayotganini töliq tuşunişdi», dedi u.

Eslatib ötamiz, avvalroq Qirğiziston boş vaziri Oqilbek Japarov uning mamlakati Özbekiston bilan çegaradagi mojaroni tinç yöl bilan hal etiş böyiça kelişib olganini ma’lum qilgandi.

Qirğiziston-Özbekiston çegarasining uzunligi 1300 km dan ortiq. Sovet Ittifoqi parçalanganidan keyin uning çiziği böylab bir neça önlab bahsli qismlar şakllandi. Qariyb 30 yil davomida Bişkek va Toşkent çegarani demarkatsiya va delimitatsiya qiliş borasida kelişa olmadi. Tomonlar 2017 yilning kuzida jarayonni faollaştirişga muvaffaq bölişdi, 2022 yil boşida 50 ga yaqin bahsli uçastkalar mavjud bölgan sönggi 230 km çegara hududi qolgan edi. Kuzda ikki davlat parlamentlari çegara masalalarini hal etiş böyiça kelişuvlarni ratifikatsiya qilgan edi.