Davlat rahbarining  «Özbekiston prezidenti huzuridagi Qonunçilik va huquqiy siyosat institutining faoliyatini taşkil etiş töğrisida»gi qarori qabul qilindi, deb xabar bermoqda «Dunyo».

Uşbu hujjat bilan prezidentga hisobdor bölgan, davlat ekspertlik ilmiy-tadqiqot muassasasi şaklidagi Qonunçilik va huquqiy siyosat instituti taşkil etildi.

Institut prezidentning huquqiy siyosatni şakllantiriş va amalga oşiriş böyiça faoliyatini ilmiy, axborot-tahliliy jihatdan qöllab-quvvatlaydi, şuningdek,  qonunçilik hujjatlarining tartibga soliş ta’sirini baholaşdan ötkazadi va amalga oşirilişini monitoring qiladi, ularni takomillaştiriş böyiça takliflar işlab çiqadi.

Institutga quyidagi sohalarda amaliy tadqiqotlar ötkaziş yuklatiladi:

  • - ma’muriy islohotlar ötkaziş şaroitida davlat boşqaruvi tizimini takomillaştirişning huquqiy muammolarini örganiş;
  • - konstitutsiyaviy islohotlarning siyosiy-huquqiy ustuvor yönalişlari va uni amalga oşiriş mexanizmlarini işlab çiqiş (davlat boşqaruvi, fuqarolik jamiyatini rivojlantiriş);
  • - normativ-huquqiy hujjatlarni işlab çiqiş va amalga oşiriş bosqiçida ularning tartibga soliş ta’sirini baholaş tizimini maqbullaştiriş orqali «aqlli tartibga soliş» loyihasini joriy etiş;
  • -korrupsiyaga qarşi kuraşişning taşkiliy-huquqiy muammolarini örganiş.

Hujjatga köra, institut tomonidan ötkaziladigan fundamental va amaliy tadqiqotlarni muvofiqlaştiriş maqsadida Ilmiy-muvofiqlaştiruvçi kengaş tuziladi.