Gazeta xabarida yozilişiça, almaşuv taklifi Rossiya tomonidan çiqqan, muzokaralar esa turk razvedkaçilari iştirokida Turkiyada ötkazilgan. Tomonlar kelişgan kunda Anqaraga Rossiyadan içida azovçilar bölgan samolyot, Ukrainadan esa içida Medvedçuk bölgan samolyot qöngan. Har ikki tomon vakillari samolyotlar qönganidan keyin asirlar şaxsini aniqlaş va ularning salomatligini tekşiriş uçun bortlarga çiqqan.

Şunga öxşaş jarayonlar amalga oşirilganidan söng asirlar almaşilgan. «Azov» qömondonlari xavfsizlik yuzasidan Turkiyada qolgan, ularning xavfsizligi uçun şaxsan Turkiya prezidenti Erdöğan kafolat bergandi. Xabarda yozilişiça, azovçilarning Turkiyada qolişi Rossiya muzokaraçilari talablaridan biri bölgan.

Rossiya almaşinuv natijasida qölga kiritgan ukrainalik Viktor Medvedçukning taqdiri hamon noma’lum.

Ukraina tomoni Medvedçuk qölga olingani haqida 2022 yil 13 aprel kuni xabar bergan va u Putinning odami ekanini ma’lum qilgandi. Rossiya tomoni esa öşanda Medvedçuk Ukraina fuqarosi ekani, Rossiyaga uning aloqasi yöqligini bildirgan.