«Özbekiston milliy elektr tarmoqlari» tomonidan Toşkent va Sirdaryo viloyatlarida yuqori kuçlanişli elektr uzatiş tarmoqlarini quriş böyiça ötkazilgan xalqaro tender savdolari yakunlanib, ğolib kompaniyalar aniqlandi.
Turkiyaning “ŞA-RA ENERJĪ Īnşaat, Ticaret ve Sanayi A.Ş.” kompaniyasi 31,89 million AQŞ dollari miqdoridagi taklif etilgan narx bilan uzunligi 213 km bölgan 220 kV kuçlanişli elektr uzatiş tarmoqlarini quriş böyiça ğolib deb topildi.
Xitoyning «Xian Electric Engineering Co., Ltd» kompaniyasi 14,68 million AQŞ dollari miqdoridagi taklif etilgan narx bilan uzunligi 72 km bölgan 500 kV kuçlanişli elektr uzatiş tarmoqlarini quriş böyiça ğolib deb topildi.
Ğolib kompaniyalar bilan muzokaralar ötkazilib, şartnomalar imzolandi. Loyiha Jahon banki tomonidan moliyalaştirilgan bölib 2022 – 2024 yillarda amalga oşirilişi belgilangan.
Loyiha Sirdaryo va Toşkent viloyatlari hamda Toşkent şahrining elektr energiyasi ta’minoti işonçliligi oşirilişiga, energotizimning Toşkent qismida magistral elektr tarmoqlari yuklamalari kamayişiga va ularning ötkazuvçanlik qobiliyatini kelgusidagi talablarga mos holda bölişiga xizmat qiladi.











