2023 yil boşidan Xitoy nihoyat xalqaro turizmga yöl oçişga qaror qildi, ammo ma’lum bölişiça, dunyoning hamma davlatlari ham xitoylik sayyohlarni çeklovlarsiz qabul qilişga tayyor emas. 

Sky News ma’lumotlariga köra, AQŞ, Buyuk Britaniya, Fransiya va Ispaniya kabi bir qator davlatlar xitoyliklardan COVID-19 testi natijalarini taqdim etişni talab qilmoqda. Bunday talab Xitoyda koronavirus bilan kasallaniş holatlari keskin oşib ketgani bilan izohlangan. Şunisi e’tiborga loyiqki, bu davlatlarda dunyoning boşqa köplab mamlakatlaridan kelgan sayyohlardan bunday ma’lumotnoma talab qilinmayapti. 

«Biz ba’zi davlatlar tomonidan xitoyliklarga nisbatan qabul qilingan kiriş çeklovlari ilmiy asoslanmagan deb hisoblaymiz va ba’zi haddan taşqari çeklovlarni umuman qabul qilib bölmaydi. Biz COVID-19 çoralarini siyosiy maqsadlarda manipulyatsiya qilişga urinişlarga qat’iy qarşimiz va şunga mutanosib çoralarni köramiz», deb ma’lum qildi Xitoy taşqi işlar vazirligi vakili Mao Nin. 

Biroq, uning ta’kidlaşiça, Xitoy bu masala böyiça «muloqotni yaxşilaşga tayyor». 

Öz navbatida, Buyuk Britaniya Soğliqni saqlaş vazirligi Xitoy «töliq tibbiy axborot yöqligi» tufayli yangi qoidalardan zarar körganini ma’lum qildi. Biroq, agar axborot almaşiş masalasida vaziyat yaxşilansa va ma’lumotlarning şaffofligi oşirilsa, vaqtinçalik çoralar qayta körib çiqilişi mumkin. 

Xitoy mamlakatda sodir bölgan köplab norozilik namoyişlari ortidan, dekabr oyidan boşlab koronavirus çeklovlarini yumşatdi. Şundan söng, kovid bilan kasallaniş holatlari misli körilmagan darajada oşib ketdi. Şunga qaramay, Xitoy 8 yanvardan boşlab xalqaro sayyohlarga mamlakat çegaralarini oçdi.