Özbekistonda iqtisodiyotdagi davlat uluşini qisqartiriş va davlat korxonalarini xususiylaştiriş, banklarni transformatsiyalaş, samarali fond bozorini şakllantiriş, ustuvor tarmoqlarda davlat-xususiy şeriklik tamoyillari asosida loyihalarni amalga oşirişga qaratilgan islohotlarni davom ettirişga qat’iy sodiqlik bildirildi.

Taşqi savdo hajmi va geografiyasini kengaytiriş uçun oçilayotgan imkoniyatlar, jumladan, mintaqaviy bozorlar va GSP+ imtiyozlari asosida Yevropa Ittifoqi bozorlariga erkin kiriş imkoniyatlaridan samarali foydalaniş, yirik mintaqaviy transport loyihalarini ilgari suriş orqali savdo yöllarini diversifikatsiya qiliş va mamlakatning JSTga kiriş böyiça sa’y-harakatlari sözga olindi.

– Özbekiston va Saudiya Arabistoni boy tabiiy resurslarga, ulkan sanoat salohiyatiga ega. Biz Özbekistonda ham, Saudiya Arabistonida ham yuqori qöşilgan qiymatga ega mahsulotlar işlab çiqarişga yönaltirilgan qöşma korxonalarni taşkil etişni rejalaştirmoqdamiz, ular kelgusida aholisining umumiy soni 1,4 milliarddan köproq potensial iste’molçisi bölgan mintaqaviy va Yevropa bozorlariga, şuningdek, Katta Arab erkin savdo hududi mamlakatlariga eksport qilinadi, – dedi boş vazir örinbosari Jamşid Xöjayev.

Forum yakunlari böyiça ustuvor tarmoqlarni öz içiga olgan hujjatlar töplami imzolandi. Ularning amalga oşirilişi Özbekiston va Saudiya Arabistoni örtasidagi köp qirrali hamkorlik kölamini sezilarli darajada kengaytiriş, yangi iş örinlari yaratiş va ikki mamlakat işbilarmon doiralari örtasidagi özaro hamkorlikni yuqori darajada çiqariş imkonini beradi.