Surxondaryoda sodir bölgan yöl-transport hodisasida ona va uning bir yoşga ham tölmagan bolasi vafot etgan. Bu haqda viloyat IIB YHXB axborot xizmati xabar bermoqda.
Hodisa 2023 yil 4 yanvar kuni Uzun tumani Çinor mahallasidan ötgan 4R-101 avtomobil yölining 122-kilometrida sodir bölgan.
«Kamaz» yuk maşinasi Bobotoğ mahallasidan Uzun tumani markazi tomon ketayotganida uning ortidan kelayotgan «VAZ-21011» maşinasi kelib töqnaşgan. Söng «VAZ-21011» yöl çetiga çiqib ketib tut daraxtlariga urilgan.
Oqibatda «VAZ-21011» maşinasida yölovçi sifatida ketayotgan ayol va uning qölida bölgan hali bir yoşga tölmagan bolasi oğir tan jarohati olib şifoxonada vafot etgan.
Dastlabki suriştiruvda, «VAZ-21011» maşinasi haydovçisi qoidalarni buzgan holda juda katta tezlikda harakatlangani aniqlangan.












