6 yanvar, juma kuni Ukrainada janglar davom etdi - bu Rossiya prezidenti Vladimir Putin soat 12.00 dan boşlab «Rojdestvo sulhini» bir tomonlama e’lon qilganiga qaramay yuz berdi. Töqqiz yillik uruş davomida Rossiya heç qaçon öt oçişni töxtatiş böyiça kelişuvlarga amal qilmagan, deb yozdi Ukraina mudofaa vaziri örinbosari Anna Malyar Telegram'da.
Uning sözlariga köra, aksilterror operatsiyasi (ATO) davomida Donbassdagi kelişuv böyiça uç tomonlama aloqa guruhi doirasida tomonlar kelişib olgan «ozmi-köpmi barqaror öt oçişni töxtatiş»ga 11 marta uriniş bölgan. «Ularning barçasiga Rossiya qasddan harakatlari bilan tösqinlik qilmoqda», dedi Malyar.
Öz navbatida, Donetsk viloyati harbiy-fuqarolik ma’muriyati rahbari Pavel Kirilenko Telegram'da Rossiya Qurolli kuçlari ertalab Pokrovskiy tumanidagi Kuraxovoda «markazga qarata öq uzgani», ikkita köp qavatli va bir xususiy uyga zarba berganini yozdi. Mahalliy kasalxonaning filiali şikastlangan, dastlabki ma’lumotlarga köra, bir kişi jarohatlangan, dedi Kirilenko. «Şaharda qoliş xavfli! Öz vaqtida evakuatsiya qiling!», deya qöşimça qildi u.
Ukraina prezidenti devoni rahbari örinbosari Kirilo Timoşenko öt oçişni töxtatiş rejimi boşlanişidan bir neça soat oldin Kramatorsk öqqa tutilgani haqida Telegram'da ma’lum qildi. «Kramatorsk. Bosqinçilar şaharga ikki marta raketadan öq uzdi. Xususiy turar joy binosiga zarba bor», - deb yozdi prezidenti devoni rahbari örinbosari Timoşenko Telegram-kanalida. Dastlabki ma’lumotlarga köra, qurbonlar yöq.
«6 yanvar. Butun Ukraina böylab havo hujumlari. Sovuq bomba boşpanalarida bolalar. Xersonda öt öçiriş stansiyasiga hujum qilindi. Bu Rossiya sulhining mohiyatidir. Xuddi sukunatdek özini tutib, orqadan zarba beriş», - dedi Ukraina prezidenti ofisi rahbari maslahatçisi Mixail Podolyak. «Heç qaçon Rossiyaning sözlarini jiddiy qabul qilmang. Bu har doim aldaş böladi», - deya qöşimça qildi u.
Rossiya Mudofaa vazirligi vakili Igor Konaşenkov, öz navbatida, Ukraina aholi punktlari va Rossiya armiyasi pozitsiyalarini öqqa tutişda davom etganini aytdi. Uning sözlariga köra, Ukraina Qurolli kuçlarining Liman yönalişida Rossiya pozitsiyalariga törtta minomyotdan, Luhansk viloyatining Belogorovka tumanida uçta artilleriyadan, Zaporijjya viloyati Novopavlovka hududidan esa yana sakkiz şunday qurilmadan öq otilgan. «Ukraina qurolli kuçlarining öqqa tutilgan pozitsiyalari Rossiya qöşinlarining javob öqlari bilan bostirildi», — dedi general.
Ayni paytda, Kiyev sulhga qöşilişini aytmadi. Ukraina Milliy xavfsizlik va mudofaa kengaşi kotibi Oleksiy Danilov avvalroq Ukraina Rossiya bilan «Rojdestvo otaşkesimi» böyiça heç qanday muzokaralar olib bormaydi, deya ta’kidladi. «Yeçim juda oddiy - ular çamadonlarini olib, Rossiyaga ketişadi. Biz ular bilan heç qanday sulh böyiça muzokaralar olib bormaymiz. Buning bizga aloqasi yöq», - dedi Danilov.
Oliy radadagi «Golos» fraksiyasi deputati, parlamentning milliy xavfsizlik, mudofaa va razvedka qömitasi kotibi Roman Kostenko Kreml demarşini Ukrainaga qarşi axborot uruşining elementi deb hisobladi. «Ular 25 dekabr kuni va yangi yil arafasida bizga qarata öq uzdi. Xandaqdagi askarlarimiz Rossiya sulhi nima ekanligini yaxşi biladi. Hozir bu kelajakda muzokaralar olib boriş uçun öz çerkovi orqali sulhga erişişga urinişdir», dedi Kostenko.
6 yanvar kuni Rossiya Mudofaa vazirligi 6 yanvar soat 12:00 dan 7 yanvar 24:00 ga qadar Ukrainada «tomonlar örtasidagi butun aloqa çiziği böylab» öt oçişni töxtatiş rejimi e’lon qilinganini tasdiqladi. Qaror bir tomonlama qabul qilindi.
Rojdestvo bayrami munosabati bilan Kreml tomonidan e’lon qilingan öt oçişni töxtatiş kelişuvi Ukraina hududining davom etayotgan öqqa tutilişi, jumladan, muhim nişonlarga va tinç aholi vakillariga qilingan hujumlar uçun «Rossiyaning öz mas’uliyatini yaşirişga qöpol urinişidir», deb ma’lum qildi Fransiya Taşqi işlar vazirligi.













