Xitoy şarqidagi Tayan şahri sudi 6 yanvar kuni Lyaonin provinsiyasi Xalq siyosiy maslahat kengaşi raisining sobiq örinbosari Li Vensini 540 million yuan (taxminan 78 million dollar) miqdorida pora olgani uçun ölim jazosiga hukm qildi. Bu haqda «Jenmin jibao» gazetasi xabar berdi. 

Naşrning yozişiça, hukm ijrosi ikki yilga keçiktirilgan. Şu bilan birga, ayblanuvçining barça mol-mulki davlat foydasiga musodara qilinadi. Şu bilan birga, hukmda qayd etilganidek, ikki yillik muddatdan keyin jazo umrbod ozodlikdan mahrum qiliş bilan almaştirilişi ham mumkin. 

Mahalliy sud hokimiyatiga köra, Li Vensining noqonuniy xatti-harakatlari «mamlakat va xalq manfaatlariga jiddiy zarar yetkazgan». Biroq ayblanuvçi tergov bilan faol hamkorlik qilgan, bu esa aybni yengillaştiruvçi holat sifatida qayd etilgan. 

Xitoy hukumati 2012 yilda Si Jinping boşçiligidagi rahbarlarning «beşinçi avlodi» hokimiyat tepasiga kelganidan keyin korrupsiyaga qarşi kuraşni kuçaytirdi. Sönggi yillarda korrupsiyaga qarşi keng kölamli tadbirlar natijasida köplab yuqori mansabdor şaxslar öz lavozimlaridan ayrildi, umrbod qamoq jazosiga yoki ölimga hukm qilindi. 

Xitoy ölim jazosi amalda saqlanib qolayotgan dunyoning kam sonli davlatlaridan biri hisoblanadi.