5 yanvar kuni Rossiya prezidenti Vladimir Putin mamlakat mudofaa vaziri Sergey Şoyguga 36 soat davomida Ukrainadagi uruşda öt oçiş rejimini töxtatişga buyruq berdi. 6 yanvar kun yarmidan 7 yanvar yarim tungaça davom etişi aytilgan rejim göyoki Rojdestvo munosabati bilan e’lon qilingan «ezgulik qadami» ekani aytildi.

    Putinning aytişiça, bu qarorni mamlakat boş ruhoniysi Patriarx Kirillning iltimosi bilan qabul qilgan. Putin pravoslavlar bayram qiladigan Rojdestvo kuni ukrainaliklar çerkovlarga bemalol borişi uçun şunday qarorga kelganini iddao qildi.

    Putinning bu çiqişi çindan ukrainaliklarga yaxşilik qiliş uçun ekani va uning gaplari samimiy bölganiga köpçilik işongani yöq. Çunki Putinning özi uruş boşlanişidan bir neça kun avval ham Rossiya Ukrainaga bostirib kirmasligini aytgandi. Şu bois xalqaro maydonda uning öziga xos «Rojdestvo sulhi» e’lon qilgani ham uruşga boğliq hiyla bölişi mumkin deb qaraldi. Putin «Rojdestvo yaraşuvi» e’lon qilişi avvalroq ma’lum bölgandi. Patriarx Kirill bu haqda gapirganda köpçilik orqasidan Putin çiqib göyoki «ezgulik qadami» sifatida (xuddi rus askarlari Ilonli orolini taşlab ketgani kabi) «Rojdestvo sulhi» e’lon qilişini taxmin qilgandi. Bu bayonotidan avval Putin Turkiya prezidenti Erdöğan bilan telefonda gaplaşgan va turkiyalik hamkasbi Putinga «bir tomonlama sulh» e’lon qiliş taklifini bergandi.

    Ukraina keskin javob qaytardi

    Kiyev Putin bu «yaraşuv» haqida e’lon qilişidan avval bu borada gap bölişi mumkinligini ma’lum qilgandi. Kirillning bayonotidan keyin Ukraina prezident devoni rahbari maslahatçisi Mixail Podolyak bu Rossiya tomonidan qöyiladigan tuzoq va navbatdagi propaganda vositasi ekanini aytgandi.

    Putinning bayonotidan keyin ham aynan Podolyak birinçi bölib rasmiy Kiyevning pozitsiyasini ma’lum qildi: «Birinçidan, Ukraina Rossiya kabi birovning yerini bosib olgani yöq va Rossiya kabi oddiy fuqarolarni öldirmayapti. Ukraina öz hududiga kelgan bosqinçi armiya vakillarini öldirmoqda. Ikkinçidan, Rossiya bosib olgan hududlarni tark etişni boşlasa, ana şu «vaqtinça yaraşuv»ning boşlanişi böladi. Ikkiyuzlamaçiligingiz özingizga siylov», deb yozdi Podolyak özining Twitter sahifasida.

    Keyinroq Ukraina Xavfsizlik va mudofaa kengaşi raisi Aleksey Danilov çiqiş qilib, heç qanday yaraşuv haqida gap bölişi mumkin emasligini aytdi: «Keling, böladigan gapni gaplaşaylik, ular kimga sulh taklif qilişmoqda? Özlarigami? Heç qanaqa kelişuv bölmaydi. Ana u pop (Kirill nazarda tutilmoqda. – tarj.) ularga bir sana öylab topdi, bu bizga aloqador emas. Bu bizning yerimiz va bu yerda töğri deb bilgan işimizni qilamiz. Siz yaxşisi köç-köroningizni yiğiştirib, tuyoğingizni şiqillating», dedi Danilov.

    AQŞ prezidenti Jo Baydenning aytişiça, Putin qisqa muddatli «yaraşuv» e’lon qiliş orqali biroz nafas rostlab olişni niyat qilgan: «Rossiya bolalar boğçalari, kasalxona va çerkovlarni katoliklar Rojdestvosida ham, Yangi yil bayramida ham portlatişdan töxtamadi. Menimça, bu işi orqali (Putin) nafas rostlab olmoqçi», dedi Bayden jurnalistlarning bu bayonotni izohlaşini söraganiga javoban.

    Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy Putinning bu bayonotiga şunday munosabat bildirdi: «Hozir ular yigitlarimizning oldinga siljişlarini biroz ortga suriş umidida Rojdestvodan özlariga panoh sifatida foydalanmoqçi. Şuningdek, öqdori, harbiy texnika va safarbar qilinganlarni bizga yaqinroq joyga olib kelişmoqçi. Bu ularga nima beradi? Faqat qurbonlar soni oşişini.

    Butun dunyo tuşunib turibdiki, Rossiya yangi kuç bilan uruşni davom ettiriş uçun nafas rostlab olmoqçi. Uruşni tezroq tugatiş uçun esa boşqa narsa kerak: heç bölmasa şu 36 soat içida rossiyaliklar özlarining Kremldagi bir odamga nisbatan şarmandali qörquvlaridan voz keçişlari lozim. Uruş Rossiya askarlari yerlarimizdan çiqib ketganda yoki biz ularni haydab çiqarganda tugaydi», dedi Ukraina yetakçisi.

    2014 yildagi Rossiya bosqinidan keyin özini mustaqil deb e’lon qilgan, 2022 yil boşlangan navbatdagi bosqin vaqtida Rossiya safiga qöşilgan «DXR»ning ruslar tayinlagan rahbari Denis Puşilin Putinning bayonotidan keyin bir qaraşda Rossiya prezidentining buyruğini ikki qiluvçi bayonot berdi: «Qaror intensiv harakatlarga tegişli, lekin bu duşmanning provokatsiyasiga jim qarab turamiz degani emas», dedi Puşilin «favqulodda jasorat bilan».

    Turkiya prezidenti Erdöğan rossiyalik hamkasbi Putin bayonot berişidan avval unga «muloqotga tayyorligini körsatiş uçun» harbiy harakatlarni bir tomonlama töxtatişni taklif qilgandi. Putin turkiyalik hamkasbiga muloqotga tayyorligini bildirgan. Ammo Putin harbiy harakatlarni töxtatgani yöq, şunçaki 36 soat davomida qisqa muddatli öt oçiş rejimini töxtatişni e’lon qildi.

    Rus harbiy blogerlar nima deyişdi?

    Uruş avvalida «denatsifikatsiya» va «demilitarizatsiya» bayroği ostida birlaşgan rossiyalik harbiy blogerlar oxirgi vaqtlarda şunçalik qat’iyatli bölib ketişdiki, ular bugun har qanday harbiy rahbarni tanqid va hatto haqorat qilişyapti. Putindan taşqari, albatta. Ayniqsa Telegram'dagi «voyenkor»lar bugun Rossiyaning boş propagandaçilari Solovyov, Simonyan va Skabeyevalardan ham maşhur bölib ketişdi.

    Bu blogerlar Putinning «yaraşuv» haqidagi bayonotini qoralab çiqişdi. Ularning aksari Ukraina bu rejimga amal qilmasligi, ularga bu befoyda ekanini iddao qilgan bölsa, Erdöğanning gapi Putinga şunçalik ta’sir qilganidan hayratlanganini yaşirmaganlar ham böldi.

    «Kimdan qarzim bölsa, hammani keçiraman»

    Siyosatçi Tatyana Stanovaya Rossiya mudofaa pozitsiyasida turib öt oçiş rejimi e’lon qilgani ğalati holat ekani haqida gapirib qiziq öxşatiş qildi: «Bu xuddi kimdan qarzim bölsa, hammasini keçirdim, deganga öxşaydi. Putin bu Rojdestvo kelişuvi bilan öziça tarixda yaxşilikka intilgan inson bölib qolmoqçi bölyapti. Özining nazdida, albatta».

    Siyosatçining fikriça, Putin Makiyivkadagi portlaşdan keyin yuzlab rossiyalik askar halok bölgaç, şunday pauza olişni maqsad qilgan. Çunki Ukraina tomoni 400 nafar safarbar qilingan rossiyalik ölganini aytayotgan öşa portlaş yangi yil kirişi bilan, Putin rossiyaliklarga bayram tabrigini yöllayotgan vaqtda sodir böldi. «Putin Rojdestvoda ham şunga öxşaş «sovğa» olişdan qörqmoqda», deydi Stanova.

    Ukraina tomoni 7 yanvar Moskva vaqti bilan tungaça Rossiya tomoni Ukraina böylab qanotli raketalar va Eron dronlari bilan hujum qilişi mumkinligini taxmin qilmoqda. Şuningdek, Rossiya Putin e’lon qilgan «yaraşuv» vaqtida Ukrainaning hozirda Rossiya nazoratida bölgan hududlaridagi çerkovlarda portlaşlar bölişi mumkinligi aytildi.

    Ukraina bu sulhni rad etdi. Rossiya ham unga töliq rioya etgani yöq: Baxmut atrofida harbiy harakatlar davom etdi (bu hududdagi janglarda «Vagner» otryadlari jang qilmoqda, Putinning armiyaga qaratilgan «topşiriği» esa rasman bu guruhga taalluqli bölmaydi) va Xerson öqqa tutilişi odatiy rejimda davom etdi. Şu tufayli köplab ukrainalik dindor harbiylar rojdestvo ibodatlarini bombapanagohlarda ötkazişiga töğri keldi.

    RF mudofaa vazirligi rossiyalik harbiylar Vladimir Putin tomonidan 6 yanvar kuni e’lon qilingan «Rojdestvo sulhi»ga amal qilganini ma’lum qildi — şu bilan birga, ular baribir Ukraina qurolli kuçlari tomonidan yöllangan zarbalarga javob qaytarilgani tan olingan.

    Ukraina hukumati ma’lumotlariga köra, Baxmutda bir kun içida rossiyaliklarning zarbalaridan ikki kişi halok bölgan, yana 13 yaralangan. «LXR»dagi Lutugino şahrida 7 yanvar kuni magistral gaz uzatiş quvurida portlaş va yonğin röy berdi, mahalliy rasmiylar ma’lumotiga köra, 11 ming abonent gazsiz qolgan.

    Donetsk oblastida otişmalar vaqtidagi Rojdestvo ibodati 

    Donetsk oblastining Ukraina nazoratidagi qismida joylaşgan Çasiv Yar şahrida otişmalardan şikastlangan bino
    Dimitar Dilkoff / AFP / Scanpix / LETA
    Çasiv Yardagi bombapanagohda Rojdestvo ibodati
    Dimitar Dilkoff / AFP / Scanpix / LETA
    Çasiv Yardagi bombapanagohda Rojdestvo ibodatiga kelgan dindorlar
    Dimitar Dilkoff / AFP / Scanpix / LETA

    Putin «sulh» e’lon qilganiga qaramay, Baxmut va Xerson böylab zarbalar yöllanişi davom etdi

    6 yanvar kuni soat taxminan ertalabki töqqizda rossiyaliklar raketasi Xersonda qutqaruvçilar bölinmasi (Ukraina favqulodda vaziyatlar davlat xizmati) joylaşgan binoga kelib tuşdi. Hujum oqibatida bir qutqaruvçi halok bölgan.
    Carlo Cozzoli / IPA MilestoneMedia / PA Images / Scanpix / LETA
    Ukraina prezidenti ofisi rahbari örinbosari Kirill Timoşenkoning sözlariga köra, 6 yanvar kuni RF harbiylarining Xersonga bergan zarbalaridan keyin kamida tört portlaş sodir bölgan. Fotoda — xersonlik kişi raketalardan biri kelib tuşgan uy fonida.
    Libkos / AP / Scanpix / LETA
    Baxmutdagi gumanitar yordam markazida rojdestvo ziyofati. Şahar uçun töxtovsiz janglar avgust oyidan buyon olib borilmoqda, vayronaga aylangan şaharda suv, issiqlik va elektr yöq. Şunga qaramay, bu yerdan evakuatsiya bölişni istamagan kişilar qolgan.
    Dimitar Dilkoff / AFP / Scanpix / LETA
    Putin e’lon qilgan «Rojdestvo sulhi» çoğida Baxmutga yöllangan zarba oqibatlari
    Clodagh Kilcoyne / Reuters / Scanpix / LETA
    Baxmut aholisi vakili velosipedini yetaklab, tankka qarşi tösiqlar bilan örab olingan köça böylab ötmoqda. Uruşga qadar 70 ming kişi yaşagan va hozirda qamal holatida bölgan Baxmutda bir neça ming kişi qolgan, ularning aksari pensiya yoşidagi kişilar.
    Dimitar Dilkoff / AFP / Scanpix / LETA
    Rossiyaliklar Xersonga Putin e’lon qilgan «Rojdestvo sulhi» çoğida yöllagan raketa zarbasidan keyingi tutun. Şahar noyabr oyi boşlarida Ukraina armiyasi tomonidan ozod etilgandi va şundan keyin Rossiya tomonidan öqqa tutila boşladi.
    Pierre Crom / Getty Images
    Xersondagi hududiy mudofaasi askarlari şahar ostonasidagi pozitsiyalarni mustahkamlamoqda
    Pierre Crom / Getty Images

    Ukraina kuçlarining Kreminna atrofidagi pozitsiyalari

    Luhansk oblastidagi Kreminna şahri — frontdagi qaynoq nuqtalardan biriga aylandi. Sönggi haftalarda bu hududda Ukraina qurolli kuçlari hujum qilmoqda. Ukraina qurolli kuçlari boş qömondoni Valeriy Zalujniy şahar uçun «oğir janglar» ketayotganini tan olgan.

    Reuters agentligi muxbiri Ukraina armiyasining Kreminna şahri atrofidagi pozitsiyasida böldi. Fotoda — Ukraina qurolli kuçlari 80-alohida desant-şturm brigadasining 27 yoşli harbiy xizmatçisi jangçilar yaşiringan yertölada ​​​​​​rojdestvo tuşligi tayyorlamoqda. Orqa planda — uning 38 yoşli quroldoşi Taras. Foto 6 yanvar kuni kunning ikkinçi yarmida, RF qurolli kuçlari 7 yanvar kuni oxiriga qadar ukrainlarning pozitsiyalarini öqqa tutişni töxtatib turişi kerak bölgan vaqtda olingan.
    Clodagh Kilcoyne / Reuters / Scanpix / LETA
    Fotoda — Ukraina qurolli kuçlari 80-alohida desant-şturm brigadasining 22 yoşli harbiysi front çiziği yaqinida Starlink qurilmasini öçirmoqda. Foto 6 yanvar kuni kunning ikkinçi yarmida, RF qurolli kuçlari 7 yanvar oxiriga qadar ukrainlarning pozitsiyalariga zarba berişni töxtatişi kerak bölgan vaqtda olingan. 
    Clodagh Kilcoyne / Reuters / Scanpix / LETA
    80-alohida desant-şturm brigadasining 22 yoşli harbiysi — Reuters fotografi obektivida
    Clodagh Kilcoyne / Reuters / Scanpix / LETA
    80-alohida desant-şturm brigadasi soldatlari harbiy harakatlar vaqtida sukunat yuzaga kelganida qönğiroq qilişmoqda. 2023 yil 6 yanvar
    Clodagh Kilcoyne / Reuters / Scanpix / LETA
    80-alohida desant-şturm brigadasi 1-batareyasining 27 yoşli komandiri (öngda) Kreminna atrofidagi pozitsiyada 38 yoşli xizmatdoşi Taras bilan suhbatlaşib turibdi. 2023 yil 6 yanvar
    Clodagh Kilcoyne / Reuters / Scanpix / LETA

    Donetsk atrofidagi ukrain artilleriyaçilari

    Ukraina qurolli kuçlari Donetsk oblastida ham hujum harakatlarini kuçaytirmoqda — Peski posyolkasi 2022 yil davomida şiddatli janglar maydoniga aylandi.

     

    Ukrainalik askarlar RF qurolli kuçlarining Peski poselkasi yaqinidagi pozitsiyalariga artilleriya zarbasi yöllaşga tayyorlanmoqda
    Diego Herrera Carcedo / Anadolu Agency / ABACAPRESS / ddp images / Vida Press
    Ukrainalik harbiy xizmatçilar RF qurolli kuçlarining Peski posyolkasidagi pozitsiyalariga zarba yöllaşga tayyorlanmoqda
    Diego Herrera Carcedo / Anadolu Agency / ABACAPRESS / ddp images / Vida Press
    Ukraina qurolli kuçlari harbiy xizmatçisi Peski posyolkasi hududida «Grad» baravar öt oçiş reaktiv tizimi bilan jihozlangan jangovar maşina fonida
    Diego Herrera Carcedo / Anadolu Agency / ABACAPRESS / ddp images / Vida Press
    Ukraina qurolli kuçlari tomonidan RF armiyasining Peski posyolkasi hududidagi pozitsiyalariga zarba berilişi
    Diego Herrera Carcedo / Anadolu Agency / ABACAPRESS / ddp images / Vida Press

    Donetsk va Horlivka öqqa tutilişi oqibatlari 

    Donetsk şahrining Petrovskiy rayonida Ukraina harbiylari tomonidan yöllangan zarbalardan şikastlangan turar joy binosi
    Nikolay Trişin / TASS
    7 yanvarga ötar keçasi, Vladimir Putin e’lon qilgan «Rojdestvo sulhi» çoğida Horlivkaga berilgan zarbadan şikastlangan turar joy binosidagi kvartira. «LXR» rasmiylari hujumda Ukraina qurolli kuçlarini ayblagan.
    Nikolay Trişin / TASS