Rojdestvo munosabati bilan Rossiya tomonidan joriy etilgan Ukrainada bir tomonlama «öt oçişni töxtatiş» rejimi muddati 8 yanvarga ötar keçasi yakunlandi. Ukraina hukumati ma’lum qilişiça, xuddi şu vaqtda Rossiya qöşinlari Zaporijjya, Xarkiv va Donetsk oblastlariga bir neça bor zarbalar yöllagan.

7 yanvar kuni keçqurun, mahalliy vaqt bilan soat 22:00 atrofida (Moskva vaqti bilan 23:00) Zaporijjya hududini öqqa tutiş boşlangan, Ukraina boş prokuraturasi ma’lumotiga köra, bu jarayon yarim soat davom etgan. Idoraga köra, şahar rayonlaridan biri baravar öt oçiş reaktiv tizimidan kassetali öq-dorilar orqali öqqa tutilgan. Fuqarolik va infratuzilmalar obektlari, şuningdek aholi avtomobillari şikastlangan. «Biz Rossiya bilan birgamiz» («My vmeste s Rossiyey») harakati rahbari Vladimir Rogov ukrain harbiy obektlariga zarba berilganini iddao qilgan.

Mahalliy vaqt bilan soat 23:00 atrofida, Ukraina boş prokuraturasi ma’lumotiga köra, rossiyalik harbiylar Belgorod oblasti hududidan Xarkiv atrofidagi Merefa şaharçasiga raketa zarbalari yölladi. «Korxona binosi şikastlangan, bir kişi halok bölgan, tinç aholi vakillaridan yana bir kişi yaralangan», — deyiladi idora xabarida.

8 yanvarga ötar keçasi Rossiya qöşinlari Donetsk oblastining Kramatorsk şahri tomon yettita raketa zarbasi yöllagan. Region harbiy ma’muriyati rahbari Pavel Kirilenkoning sözlariga köra, şaharda ta’lim muassasasi binosi va sanoat obekti şikastlangan. «Dastlabki ma’lumotlarga köra, otişmalar çoğida qurbon bölganlar va yaralanganlar yöq», — degan Kirilenko.

RF mudofaa vazirligi Kramatorsk böylab zarbalarni Ukraina qurolli kuçlarining yangi yil keçasi Donetsk oblastidagi Makiyivka şahriga qilingan hujumga «javob operatsiyasi» deb atadi, Rossiya tomoni Makiyivkadagi kasb-hunar maktabi binosi öqqa tutilişi oqibatida 89 nafar harbiysi halok bölganini tasdiqlagan. Rossiya tomoniga köra, RF qurolli kuçlari Kramatorskdagi ikkita yotoqxonaga zarbalar bergan, ularda jami 1,3 mingdan ortiq ukrain harbiysi bölgan. RF mudofaa vazirligi iddao qilişiça, bu zarbalar natijasida 600 dan ortiq kişi halok bölgan. Ukraina qurolli kuçlari Şarqiy guruhi spikeri Sergey Çerevatiy esa «Suspilne» naşriga RF mudofaa vazirligi ma’lumoti haqiqatga töğri kelmasligini bildirdi.

Ukraina Rossiyaning bu zarbalari hali «öt oçişni töxtatiş rejimi» amalda bölgan vaqtda berilganini da’vo qilgan. Ukraina qurolli kuçlari boş ştabi ma’lum qilişiça, 6 yanvar kuni rossiyalik harbiylar bitta raketa zarbasi yöllagan va baravar öt oçiş reaktiv tizimlaridan 20 ta snaryad uçirgan, 7 yanvar kuni esa töqqizta raketa yöllagan, aviatsiyadan uçta zarba bergan hamda baravar öt oçiş reaktiv tizimlaridan 40 ta snaryad uçirgan, jumladan fuqarolik infratuzilmalariga ham. Boş ştabga köra, bu zarbalar oqibatida halok bölganlar va jabrlanganlar bor.

Zaporijjya oblasti harbiy ma’muriyati rahbari Oleksandr Staruxning aytişiça, 7 yanvar kuni rossiyalik harbiylar regionda Orexov şahriga gumanitar yordam olib ketayotgan BMT missiyasini öqqa tutgan. Jabrlanganlar haqida ma’lumot berilmagan. 6 yanvar kuni, Rojdestvo arafasida, Ukrainadagi eng yirik xususiy energetika kompaniyasi DTEK ma’lumotiga köra, Rossiya armiyasi issiqlik elektr stansiyasiga zarba yöllagan. Kompaniya aynan qaysi IES haqida gap ketayotganiga aniqlik kiritmagan, ammo bu stansiya avval ham öqqa tutilgani ma’lum qilingan.

Pentagondagilar ham Ukrainada Rojdestvoda «öt oçişni töxtatiş rejimi» joriy etilganiga qaramay harbiy harakatlar davom ettirilganini ma’lum qildi. «[RF prezidenti Vladimir Putinning] öt oçişni töxtatiş töğrisidagi bayonotiga qaramay, aytişim mumkinki, texnik tomondan öt oçişni töxtatiş rejimida turgan bölsa ham, bugun Ukrainada janglar ketmoqda», — degan AQŞ mudofaa vazirining Rossiya, Ukraina va Yevrosiyo masalalari böyiça yordamçisi örinbosari Lora Kuper 6 yanvar kungi brifingda. U Putinning öt oçişni vaqtinça töxtatiş rejimi haqidagi bayonotiga şubha bilan qaraşni söragan: «Bu Ukrainaga bostirib kirmasligini aytgan öşa odam».

6–7 yanvar kunlari, Ukrainada «öt oçişni töxtatiş rejimi» amal qilib turgan vaqtda, mahalliy rasmiylarning ma’lumotlariga köra, tinç aholi vakillaridan beş kişi halok bölgan, 20 dan ortiq kişi yaralangan. Ukraina prezidenti ofisi rahbari örinbosari Kirill Timoşenkoning aytişiça, 6 yanvar kuni Donetsk va Xerson oblastlarida uç kişi halok bölib, yana 14 kişi jabrlangan. 6 yanvar kuni halok bölgan va yaralanganlarning aksar qismi — Donetsk oblastiga töğri keladi, şu kuni Baxmut öqqa tutilgan. Ukraina boş prokuraturasiga köra, şaharda ikki kişi halok bölib, yana 13 kişi yaralangan. 7 yanvar kuni Donetsk, Xarkiv va Xerson oblastlarida, Timoşenkoning sözlariga köra, ikki kişi halok bölib, töqqiz kişi tan jarohati olgan.

RF mudofaa vazirligidagilar «öt oçişni töxtatiş rejimi»ga amal qilganini, ammo ukrainlarning artilleriya zarbalariga javob qaytarganini tasdiqlaşgan. 7 yanvar kuni RF mudofaa vazirligi rasmiysi Igor Konaşenkov Rossiya qöşinlari «frontning butun tutaşuv çiziği böylab öt oçişni töxtatiş rejimiga amal qilgani», artilleriya zarbalari esa Ukraina tomonidan berilganini aytgan. U şuningdek rossiyalik harbiylar Ukraina qurolli kuçlarining öt oçgan barça pozitsiyalari «javob zarbasi» bilan bostirilganini qöşimça qilgan.

Igor Konaşenkov 8 yanvar kuni Rossiya e’lon qilgan bir tomonlama «öt oçişni töxtatiş rejimi» vaqtida Ukraina kuçlari front çiziği böylab artilleriya töplari va baravar öt oçiş reaktiv tizimlaridan 500 dan ortiq zarba yöllaganini ma’lum qildi.