«Oilani kam ta’minlangan deb e’tirof etişda jami daromad miqdorini hisoblaş tizimi takomillaştirilişi munosabati bilan hukumat ayrim qarorlariga özgartiriş va qöşimçalar kiritiş töğrisida»gi Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi e’lon qilindi.

Loyihaga köra, Vazirlar Mahkamasi qarori bilan tasdiqlangan Kam ta’minlangan oilalarni «Ijtimoiy himoya yagona reyestri» axborot tizimi orqali aniqlaş, ularga kam ta’minlangan oilalar bolalari uçun nafaqa va moddiy yordam tayinlaş va tölaş tartibi töğrisidagi nizomga quyidagilarni nazarda tutuvçi qöşimçalarni kiritiş nazarda tutilmoqda:

  • oilani kam ta’minlangan deb topişda oila jami daromadidan ijara şartnomasi yoki ipoteka krediti tölovlarini çiqarib taşlaş;
  • ijara şartnomasi tölovlarini çiqarib taşlaşda ariza beruvçi va uning oila a’zolari mulkida turar joyi mavjud emasligini, ipoteka krediti tölovlarida esa turar joy bittadan ortiq emasligini inobatga oliş;
  • çiqarib taşlanadigan summani şartnomada belgilangan oylik tölovlardan kelib çiqib aniqlaş.

Vazirlar Mahkamasi qarori bilan tasdiqlangan «Ijtimoiy himoya yagona reyestri» axborot tizimidagi idoralararo elektron özaro axborot almaşinuvi doirasidagi ma’lumotlar röyxatiga ipoteka krediti tölovlari haqidagi ma’lumot Markaziy bank tomonidan, ijara şartnomasi tölovlari haqidagi ma’lumot Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Soliq qömitasi tomonidan taqdim etilişini nazarda tutuvçi özgartiriş kiritiş taklif etilmoqda.