Kombinat mehnat jamoasi tomonidan 2022 yilga belgilangan barça vazifalar bajarilişiga erişildi.

Xususan, 2022 yilda 30,5 trln sömlik tovar mahsulotlari işlab çiqarildi. (belgilangan reja 28 trlnni taşkil etadi.), prognoz 108,3 foizga bajarildi.

 Mahsulotlar kesimida:

 Mis katodi - 148 516 tonna (loyiha quvvati 148 000 tonna)

metalli  rux -90,05 ming tonna  

oltingugurt kislotasi -815,0 ming tonna  işlab çiqarildi.

 Qimmatbaho metallar rejasi : oltin –rejasi 100,3%

kumuş rejasi ham 100,3 % bajarildi.

Şuningdek, nodir metallar: molibden 1 177,2 tonna va 33,8 tonna volfram 34,5 tonna selen, 2,8 tonna tellur hamda 92,5 kg palladiy mahsuloti işlab çiqarildi.

Investitsiya dasturi doirasida öz mablağlari va kreditlar hisobidan 788,8 mln dollar özlaştirilib, ötgan yilga nisbatan 1,7 barobarga ösişga erişildi. Bunda umumiy qiymati 1,3 trln söm bölgan 15 ta loyiha, şu jumladan ijtimoiy sohada 5 ta obekt (116,1 mlrd söm) foydalanişga topşirildi.

Jami 947,5 mln dollar qiymatdagi mahsulot eksport qilinib, prognoz 110,8 foizga bajarildi.

Mahalliylaştiriş dasturi doirasida 334,1 mlrd söm miqdorda mahsulotlar işlab çiqarildi yoki prognozga nisbatan 141,0 foizni taşkil etdi.

Raqamlaştiriş dasturi böyiça texnologik jarayonlarni avtomatlaştirişga qaratilgan 48 ta axborot tizimlari joriy qilinib, qoğoz hujjat aylanişi 80 foizga va omborlardagi tovar-moddiy boyliklar qoldiqlari 260 mlrd sömga qisqartirildi hamda jami 237 mlrd söm iqtisod qilindi.

2022 yilda Kombinat tomonidan budjetga 18,6 trln söm, ijtimoiy jamğarmalarga 240,3 mlrd söm tölovlar amalga oşirildi.

OKMK Axborot xizmati